Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-avgust kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlab, O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yuksak sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

2017-yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan buyon tomonlar birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirdi va dastlabki aniq natijalarga erishildi. Bu davrda bank tomonidan O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 190 million dollardan ortiq kredit liniyalari ajratildi.

Bugungi kunda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy qurilishi, energetika tarmog‘i va kommunal xo‘jalik obyektlarini modernizatsiya qilish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilmoqda. Shundan umumiy qiymati 600 million dollargacha bo‘lgan loyihalarni yaqin oylarda ma’qullash rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

2018-yil sentabr oyida qabul qilinishi rejalashtirilgan YTTBning O‘zbekiston bilan hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish yakuniga yetmoqda. Bundan tashqari, 2017-yil noyabr oyida Toshkent shahrida bank vakolatxonasi o‘z faoliyatini qayta tikladi, O‘zbekiston hududlarida uning filiallarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

YTTB ekspertlari O‘zbekistonda xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi tartibni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekistonda energetika sektorini isloh qilish va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ustida birgalikda ish olib borilmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, uni asosiy tarmoqlardagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning strategiyalarini ishlab chiqish, korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan yangi dastur va loyihalar bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suma Chakrabarti O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida hamda iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha yangi bosqichda amalga oshirilayotgan, mamlakatning barqaror rivojlanishi, aholi turmush darajasi va sifati oshishi, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan islohotlar va o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

YTTB prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidlab, ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, YTTB O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)