• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2020-yilda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun 8 ta asosiy yo‘nalish belgilandi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun, seshanba kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, o‘tgan uch oyda mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion so‘m soliq imtiyozlari berildi, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 3,6 trillion so‘m ajratildi.

    Mavzuga doir: Koronavirus O‘zbekiston davlat budjetiga 2020-yilning 3 oyida qanday ta’sir ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi

    Yig‘ilishda davlat rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qo‘llash orqali 2020-yil iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlar borligini ta’kidlab, shu boradagi 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi.
    • birinchi — iqtisodiyot va budjet barqarorligini ta’minlash;
    • ikkinchi — kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish;
    • uchinchi — bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish;
    • to‘rtinchi — to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish;
    • beshinchi — eksport salohiyatini oshirish va valyuta tushumlarini ta’minlash;
    • oltinchi — sanoatda raqobatbardoshlikni kuchaytirish;
    • yettinchi — kichik biznesni rivojlantirish;
    • sakkizinchi — raqamli texnologiyalarni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish.
    Birinchi masala bo‘yicha budjet tushumi va xarajatlarini optimallashtirish topshirildi. Korxonalar faoliyatini qayta tiklash va soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash hisobiga qo‘shimcha daromadlarni ta’minlash, tashqi qarz bitimlarini tuzishda belgilangan cheklovdan oshmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha bu yil 810 mingta doimiy ish o‘rnini qayta tiklash, 310 ming doimiy va 633 mingta mavsumiy ish o‘rni yaratish zarurligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirib, davlat ulushiga ega o‘nta bankda transformatsiya jarayonini o‘z vaqtida amalga oshirish, foiz stavkalarini inflyatsiyaga qarshi siyosat bilan uyg‘unlashgan holda pasaytirish muhimligi ta’kidlandi.

    2020-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarlariga topshiriqlar berildi.

    Pandemiya sharoitida eksportni oshirish va valyuta tushumlarini ta’minlash — juda dolzarb masala. Tashqi bozorlarda talabning keskin kamayishi eksportchi korxonalarga jiddiy ta’sir qilmoqda.

    Shu munosabat bilan, beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga eksport ko‘rsatkichini 2019-yilgidan kam bo‘lmagan miqdorda ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda sanoatni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ayrim tarmoqlarda xomashyoni chuqur qayta ishlash va qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning yaxlit zanjiri yaratilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois zamonaviy texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish, tarmoqlarning energiya samaradorligi va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi Sanoat siyosati strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

    Kimyo, to‘qimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi hamda oziq-ovqat sanoatlariga alohida e’tibor qaratish, davlat korxonalarini isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Mamlakatda kichik biznes iqtisodiyotning o‘sish nuqtasi etib belgilangan. Yig‘ilishda tadbirkorlarga erkin raqobat muhitini yaratish uchun xususiy mulkchilikni himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini isloh etish zarurligi ta’kidlandi.

    Yuqori texnologiyali tarmoqlarda kichik biznes hissasi kamligi qayd etilib, bunday subyektlarni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Hududlarda kichik sanoat zonalari tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Prezident huzurida 8-iyun kuni o‘tkazilgan taqdimot chog‘ida raqamli texnologiyalarni tezkor rivojlantirish, ularni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish vazifalari kelishib olingan edi. Bu boradagi ishlarni belgilangan sakkizinchi ustuvor yo‘nalishga muvofiq tashkil qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Yig‘ilishda mutasaddi rahbarlar iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

    Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi sababli vujudga kelgan global inqiroz barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatyapti. Jahon bankining prognozi bo‘yicha 2020-yilda yalpi global mahsulot 5,2 foizga, AQShda yalpi ichki mahsulot 6,1 foizga, Rossiyada 6 foizga, Yevropa Ittifoqida 9,1 foizga tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyda 1 foiz, O‘zbekistonda esa 1,5 foiz iqtisodiy o‘sish bo‘lishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki ham 2020-yilda mamlakatda iqtisodiy o‘sish 1,5 foizni tashkil qilishini taxmin qilgan.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston S&P Global Ratings kredit reytingi prognozida “barqaror”dan “salbiy”ga o‘zgardi

    09.06.2020, 21:46   Izoh (0)   25222
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev grant asosida o‘qigan talabalarni kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda 3 yil ishlashga jo‘natishni taklif qildi

    09.06.2020, 21:28

    Toshkent turistlar uchun eng arzon, Ashxobod esa eng qimmat shaharlardan biri deb topildi

    09.06.2020, 21:21

    “Kutilgan natijaning teskarisi bo‘ldi. Endi bunday roliklar tayyorlanmaydi”. IIV — “Sho‘rdanak” va “Qalpoq” atrofidagi shov-shuvlar haqida

    09.06.2020, 21:09

    O‘zbekistonda yana 15 bemor koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 3459 nafarga yetdi

    09.06.2020, 21:00

    Markaziy bank O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash bankomatlarini izlaydigan Telegram-bot ishga tushirilganini xabar qildi

    09.06.2020, 20:45

    “Qizil” hududga aylangan Urganch shahrida karantin choralari kuchaytirildi

    09.06.2020, 20:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.