Markaziy bank O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishi uchun avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlarining joylashuv manzili haqida ma’lumot beruvchi Telegram boti ishga tushirilganini xabar qildi.
Ushbu @uz_avtovash_bot orqali 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlarini banklar va hududlar kesimida izlash (shahar va tuman bo‘yicha) imkoniyati mavjud.
Bankomatlar joylashgan manzillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy yangilanib turiladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)