• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kutilgan natijaning teskarisi bo‘ldi. Endi bunday roliklar tayyorlanmaydi”. IIV — “Sho‘rdanak” va “Qalpoq” atrofidagi shov-shuvlar haqida

    O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 8-iyun kuni “Qalpoq” va “Sho‘rdanak” hajviy ko‘rsatuvlarining yo‘l-patrul xizmati inspektorlari faoliyati haqidagi chiqishlariga munosabat bildirgan edi. YHXBB matbuot xizmati hajviy ko‘rsatuv mualliflari “25-kadr”dan foydalanganini da’vo qilib: “Ular bu hajviya lavhasi bilan tomoshabinga, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodga qanday g‘oyani singdirmoqchi ekanliklarini o‘zlari ham bilmaganlar”, — deya munosabat bildirgan edi.

    YHXBB tomonidan e’lon qilingan videomunosabatda har ikkala ko‘rsatuv ijodkorlari ham chiqish qilgan bo‘lib, ular shu hajviya lavhalarini suratga olganliklaridan afsusda ekanliklarini bildirgan. “Men bunaqa bo‘lishini bilmagandim... YPX xodimlarining, IIO xodimlarining ustidan bunday qilishimiz ham noto‘g‘ri aslida”, — degan “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi mualliflaridan biri Rahmonali Suhrobov. “DAN xodimlari haqida biz avval ham yaxshi, chiroyli lavhalar tayyorlaganmiz. Lekin shu safar ozgina xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik”, — deb tan olgan “Sho‘rdanak” aktyori Erkin Cho‘liyev.

    YHXBBning ushbu videomunosabati, undagi aktyorlarning uzrnamo chiqishlari jamoatchilik tomonidan norozilik bilan kutib olindi. Ushbu holatni fikr bildirish erkinligiga tahdid, senzura sifatida baholaganlar ham bo‘ldi. Bir guruh internet foydalanuvchilari esa YPX xodimlari haqida hazillar qilgan vafot etgan so‘z ustalariga, filmlardagi lavhalar bo‘yicha qanday choralar ko‘rilishi haqida istehzoli savollar bergan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Akmal Burhonov va Madaniyat vazirligi ham YHXBB matbuot xizmatining xatti-harakati maqsadga muvofiq emasligini bildirgan.

    Jamoatchilikning noroziliklariga IIV munosabati

    Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov “Daryo”ga bergan intervyusida YHXBB huzurida yangi axborot xizmati va multimedia markazi tashkil etilgani, ushbu jamoa, jumladan, YHXBB tizimi imidjini oshirish maqsadida yo‘l-patrul xizmati xodimlari faoliyatiga daxldor ilgari tasvirga olingan turli videolavhalarni tahlil qilishni niyat qilganini, 8-iyun kuni e’lon qilingan ikki munosabat aynan shu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar namunasi bo‘lganini ta’kidladi.

    “YHXBB matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan videolavhalarda “Qalpoq” va “Sho‘rdanak” hajviy ko‘rsatuvlari ijodkorlari uzr so‘ramagan. Lavhalarda ko‘rsatuvlarda qilingan hazillar aktyorlar bilan tahlil qilinib, qaysi holatda xalqqa manzur keladigan ko‘rsatuvlar tayyorlash maqsadga muvofiqligi muhokama qilingan. Biroq lavhalar e’lon qilingach, kutilgan natijaning mutlaqo teskarisi qayd etildi”, — deya tan oldi IIV vakili.

    Shohrux G‘iyosovning ta’kidlashicha, YHXBB matbuot xizmatida ijod erkinligini bo‘g‘ish yoki senzura qilish maqsadi bo‘lmagan. “Biz o‘zimizni tanqid qilmasdan, yumorga, hazilga yo‘l qo‘ymasdan, satira orqali o‘zimizning kamchiliklarimiz ustidan kulmas ekanmiz, hech qachon xalqqa yaqin, xalqchil organ bo‘la olmaymiz”, — deya ta’kidladi IIV matbuot kotibi. Ayni vaqtda u tanlangan yo‘nalish o‘zini umuman oqlamaganini ham tan oldi. “Bundan keyin bunday roliklar tayyorlanmaydi. Bundan keyin shunday mazmundagi tahlillarni tayyorlaydigan bo‘lsak, butunlay boshqacha usulda amalga oshiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Shohrux G‘iyosov.

    09.06.2020, 21:09   Izoh (0)   71959
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana 15 bemor koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 3459 nafarga yetdi

    09.06.2020, 21:00

    Markaziy bank O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash bankomatlarini izlaydigan Telegram-bot ishga tushirilganini xabar qildi

    09.06.2020, 20:45

    “Qizil” hududga aylangan Urganch shahrida karantin choralari kuchaytirildi

    09.06.2020, 20:22

    Toshkentda kutilayotgan kuchli shamol sababli aholidan avtomobillarini xavfsiz joyga olish va ko‘chaga chiqmaslik so‘ralmoqda

    09.06.2020, 20:08

    Angrenda 21 yoshli yigit o‘z tengdoshini pichoqladi

    09.06.2020, 19:56

    Chiroqchi tumani transport vositalari uchun yopildi, bir qator cheklovlar qayta joriy qilindi

    09.06.2020, 19:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.