• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kim qayerga o‘tadi? Pogba, Ndombele, Obameyang va boshqa yulduzlar uchun tanlov imkoniyati

    Bugungi kunga kelib Germaniya Bundesligasi qayta tiklangan bo‘lsa ham Yevropaning qolgan chempionatlari hali boshlanganicha yo‘q. Shunday ekan, yetakchi klublarning qanday tarkibda maydonga qaytishini taxmin qilishning ayni vaqti. Ommaviy axborot vositalarida futbolchilarning bir klubdan ikkinchisiga o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida uzunquloq gaplarning keti uzilmayapti. Quyida haqiqatan ham boshqa klubga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z yuritiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Pol Pogba

    Ushbu yozda Pogba “Manchester Yunayted”ni tark etishi zarurdek taassurot uyg‘otmoqda. Futbolchi uchun “Yuventus” va “Real” kurashmoqda.

    Italiyaning Calciomercato nashri hatto fransiyalik futbolchining Aaron Remziga almashtirilish variantini ham keltirib o‘tdi. Ehtimol, ular buni avvalroq rejalashtirgandir, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barchasini o‘zgartirib yubordi. Shu bois hozirda “qizil iblislar”ning yarim himoyachisini qo‘yib yuborishga tayyor ekanligiga ishonchi komil emas. Balki unga yana bir bor imkoniyat berilar, chunki ingliz klubi Pogbaning transferidan 100 million funt sterling ishlab olish haqiqatan yiroq ekanini yaxshi biladi.

    Agar Pogba sho‘xlik qilishni yig‘ishtirib, astoydil ishlashni boshlasa, asosiy tarkibning almashtirib bo‘lmaydigan o‘yinchisiga aylanishi mumkin.

    Yakuniy xulosa: “Manchester Yunayted”da qoladi.

    Tangi Ndombele

    Tangi Ndombele bilan nima bo‘layotganini aytish mushkul. Avvaliga Joze Mourinyo uni ochiqchasiga tanqid qildi, keyin esa fransiyalik futbolchi karantin vaqtida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan mashg‘ulot o‘tkazdi. The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Tottenhem” Ndombele bilan xayrlashmoqchi.

    Manbalarda klub rahbariyatining futbolchining xatti-harakatlaridan noroziligi qayd etilmoqda. Uni qayta tarbiyalashdan ko‘ra boshqa jamoaga sotib yuborish osonroqdek tuyulmoqda. Ammo 55 million yevrolik futbolchiga xaridor topish oson emas, “shporlar”ning asosiy vazifasi – sarflangan pullarni qaytarish.

    Ko‘rinishidan unga qiziqayotganlar orasida “Barselona” ham bordek. To‘g‘ri, klubning moliyaviy ahvoli qanday ekani hozircha aniq emas. Kelgusi haftadan esa futbolchi bo‘lgan qiziqishlarning tiklanishi kutilmoqda.

    Yakuniy xulosa: “Tottenhem”dan ketadi.

    Pyer-Emerik Obameyang

    Obameyang uzoq vaqtdan beri o‘z kelajagi haqida bosh qotirmoqda. Uning jamoadan ketmoqchiligi va boshqa joyda omadini sinab ko‘rmoqchiligi tobora oydinlashmoqda.Unga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq hujumchining Premyer Ligada qolish ehtimoli ham yo‘q emas.

    Gabonlik futbolchini Frenk Lempard “Chelsi”ga jalb etishga urinishi mumkin. Boisi oldingi chiziqda Temmi Abrahamga sherik kerak. Buning ustiga anchadan buyon London klubining “Lion” hujumchisi Mussa Dembeleni sotib olish borasidagi harakatlari besamar ketmoqda. Obameyang esa APLda nimalarga qodir ekanini isbotlay olgan.

    Yakuniy xulosa: “Arsenal”dan ketadi.

    Luka Yovich

    Aslini olganda, Yovich “Real”da qolishni va uning yulduziga aylanishni xohlaydi, ammo uning Madridni tark etishi haqidagi mish-mishlar to‘xtamayapti. Uni bir nechta ingliz klublari bilan bog‘lashmoqda, shu jumladan, “Nyukasl” va “Vest Hem” bilan ham.

    Yovich allaqachon vatandoshi – Mitrovichdan (Aleksandar Mitrovich – Serbiya terma jamoasi va Angliyaning “Fulhem” klubi hujumchisi) Britaniyadagi hayot haqida so‘rashga ham ulgurdi.

    Madridda Yovichni bir yilga ijaraga berib, keyin unga ikkinchi marta imkoniyat berish rejalashtirilmoqda.

    Yakuniy xulosa: “Real”dan ijara asosida ketadi va keyin qaytadi.

    Kay Haverts

    Germaniyalik vunderkindning “Bayer”ni tark etishi haqida anchadan beri gapirilmoqda. Ko‘plab ekspertlar, hatto uning “Manchester Yunayted”ga kelishini yuqori baholagan.

    “Bayer” esa uning narxini 100 million yevro etib belgilagan va bir sent ham tushmoqchi emas. Ba’zi mutaxassislar agar Haverts klubini almashtiradigan bo‘lsa, faqat Germaniya klublaridan biriga o‘tadi deb hisoblamoqda. Kay uchun kurashda ayni damda “Bavariya” yetakchilik qilmoqda. Ammo futbolchining yuqori narxi hozircha uning hech qayerga ketmasligini anglatadi. Agar “Bavariya” Havertsni sotib oladigan bo‘lsa ham bu katta ehtimol bilan 2021-yilda amalga oshadi.

    Yakuniy xulosa: “Bayer”da qoladi.

    Boshqa intervyu va maqolalar:

    • 38 yildan beri davom etayotgan koma. Fransiyalik sobiq futbolchi va unga sodiq qolayotgan ayol haqida hikoya
    • “Agar onam bo‘lmaganida futbolni aniq tashlab ketardim”. Anxel di Mariyaning ta’sirli hikoyasi
    • Falkaodan Shevchenkogacha. Angliyada porlay olmagan yulduzlar (foto)
    • Lautaro yoki Neymar? “Barselona”ga kim ko‘proq zarur?
    • Ronaldu O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi libosida ko‘rinish berdi. Buning uchun pul to‘landimi yoki Habib Nurmagomedov yordam berdimi?
    • “Santyago Bernabeu”dagi kechikkan debyut, “Barselona”dan ketishi va orzulari haqida “yapon Messisi” bilan intervyu

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    19.05.2020, 20:34   Izoh (0)   21307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Paolo Maldini “Real”da ish boshlashi mumkin

    19.05.2020, 19:02

    Habib Nurmagomedov MMA reytingida yetakchilikni saqlab qoldi

    19.05.2020, 18:04

    “Santyago Bernabeu”dagi kechikkan debyut, “Barselona”dan ketishi va orzulari haqida “yapon Messisi” bilan intervyu

    19.05.2020, 16:58

    Italiyada sport tadbirlari 14-iyunga qadar taqiqlandi

    19.05.2020, 16:13

    Aleks Song “Barselona”ga o‘tgani haqida: “U yerga o‘tishimdan oldin millionerga aylanishimni bilar edim”

    19.05.2020, 15:58

    Erling Holand 2022-yilgacha “Real”ga o‘tmaydi

    19.05.2020, 14:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10

    Superliga. “Andijon” kambek qilib, “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 26 iyun, 22:10

    Tramp Netanyaxuga qarshi ishni darhol to‘xtatishni talab qildi

    Dunyo | 26 iyun, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.