• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Santyago Bernabeu”dagi kechikkan debyut, “Barselona”dan ketishi va orzulari haqida “yapon Messisi” bilan intervyu

    Takefusa Kubo — 2001-yilning 4-iyunida Yaponiyaning Kavasaki shahrida tavallud topgan. Kubo 7 yoshidan boshlab futbol bilan shug‘ullanishni boshlaydi. 11 yoshga to‘lganida esa “Barselona” futbol akademiyasiga taklif qilinadi. Kubo 2015-yilgacha, “Barselona”ning 18 yoshga yetmagan o‘yinchilarni transfer qilish bo‘yicha FIFA qoidalarini buzgani ma’lum bo‘lguniga qadar katalon klubi akademiyasida to‘p suradi. Shundan so‘ng u Ispaniyani tark etib, vataniga qaytadi va “Tokio” klubi bilan yarim professional shartnoma imzolaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2019-yilning 14-iyunida esa Madridning “Real” klubi Takefusa Kubo bilan shartnoma imzolaganini e’lon qiladi. Madrid klubi rahbariyati Kuboning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni “Malyorka”ga ijaraga berishga qaror qiladi. Uning iqtidoriga yuqori baho berilib, hatto uni “yapon Messisi” ham deb atashadi.

    Agar koronavirus pandemiyasi bo‘lmaganida Takefusa Kubo “Malyorka” safida “Santyago Bernabeu”da “Real”ga (12-aprel kuni o‘tishi lozim edi o‘yin) qarshi o‘ynagan bo‘lardi. Bu, albatta, Kubo uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Kubo AS nashriga intervyu berib, karantinda vaqtni qanday o‘tkazayotgani, shuningdek ijara asosidagi faoliyati va “Real” bilan shartnomaning ba’zi tafsilotlari haqida aytib berdi. “Daryo” quyida ana shu suhbatni o‘zbek tilida taqdim etadi.

    “Real” – “Malyorka” uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi, bu sizning “Santyago Bernabeu”dagi birinchi uchrashuvingiz bo‘lardi. Ushbu o‘yin siz uchun alohida ahamiyatga egamidi?

    — Rostini aytsam, judayam o‘ynashni xohlagandim. Men uchun barcha uchrashuvlar juda muhim, biroq bu alohida ahamiyatga ega uchrashuv edi.

    “Bernabeu” sizda qanday hislarni uyg‘otadi?

    — Men avval u yerda hech qachon o‘ynamaganman, lekin judayam xohlayman. Chigalyozdi mashqlari uchun chiqqaningizda tribunalarda 85 000 kishini ko‘rasiz, bu insonga o‘zgacha bir motivatsiya bag‘ishlaydi. U yerda shunchaki, yomon o‘ynashning iloji yo‘q.

    Futbolga qaytishni xohlayapsizmi?

    — Ayni paytda men imkon qadar tezroq odatiy turmush tarziga qaytish haqida o‘ylayapman. Hozir eng muhimi – insonlar salomatligi.

    Karantinni qanday o‘tkazyapsiz?

    — Unchalik ham yaxshi emas, chunki men ham, boshqa futbolchilar singari, futbol uchun yashayman. Bu bizning asosiy vazifamiz. Afsuski, pandemiya tufayli uyda o‘tiribmiz. Shunga qaramay, klub bizga yuklamalar berib turibdi, biz formamizni saqlab qolish uchun ularni uyda bajaryapmiz.

    Hozirgi sharoitda kun tartibingiz qanday ko‘rinishga ega?

    — Ertalab soat 08:30 da uyqudan uyg‘onaman va yurak urish tezligini aniqlash uchun klubimiz tomonidan yuborilgan uch daqiqalik testni bajaraman. So‘ngra nonushta qilaman. Soat 10:00 da esa mashg‘ulotlardan oldingi yengil mashqlarni bajaraman. Soat 11:00 da biz 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarda jamoaviy mashg‘ulotlarni boshlaymiz, murabbiylar esa bizni videoqo‘ng‘iroq orqali boshqarib turadi. Soat 12:15 da mashg‘ulotlarni tugatamiz, lekin men biroz ko‘proq individual mashqlarni bajaraman, keyin dush qabul qilaman va 13:30 da tushlik qilaman. Soat 15:30 dan 16:00 gacha bo‘sh vaqtim, unda asosan televizion ko‘rsatuvlarni tomosha qilaman yoki kitob mutolaa qilaman. Shundan so‘ng yana mashg‘ulotlarni boshlayman, birinchi navbatda to‘p bilan ishlayman. 18:00 da dush qilib, kechki ovqatga o‘tiraman. Odatda 23:00 larda uxlashga yotaman.

    Bir yil orqaga qaytsak. Madridliklarning sizga jiddiy qiziqish bildirganini qachon bildingiz?

    — Biz turli klublardan qiziqishlar borligini bilardik, ammo na men, na oilam, va na agentlarim bu haqida bilardik, chunki o‘sha paytda menga sanksiyalar e’lon qilingandi. 4-iyun kuni 18 yoshga to‘lganimda, “Real” vakillari Yaponiyaga kelish istagi borligini bildirdi. Ular meni ko‘rishga kelgandi, bu juda yoqimli holat.

    Florentino Peres bilan tanishganingizda nimani his qildingiz?

    — Avvaliga menda o‘zgacha taassurotlar paydo bo‘lgandi, ammo keyin Madridda meni darhol oila a’zolaridan biri sifatida qabul qilishdi. Aynan mana shuni jihatni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

    Bolaligingizda “Barselona”da o‘ynagansiz. Hozirda o‘zingizni haqiqiy “madridlik” deb hisoblaysizmi?

    — Birinchi navbatda, “Barselona” va boshqa jamoalar shu qatorda menga sanksiyalar qo‘llanilgandan paytda qabul qilgan “Tokio” klubiga, yarim mavsum o‘tkazgan “Iokogama Marinos”ga va hozir o‘ynayotganim “Malyorka”ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, barcha futbolchilar, murabbiylar va meni tarbiyalagan va shu darajaga yetishimga sababchi bo‘lgan insonlarga rahmat deyman. 18 yoshga to‘lganimda menda jamoa tanlash imkoniyati tug‘ildi. Va men “Real”ni ma’qul ko‘rdim. Men ulardan minnatdorman va hozir bemalol madridlikman deb ayta olaman.

    Messi siz uchun namuna bo‘lgan. U bilan tanishishga ulgurgandingizmi?

    — Men uni shaxsan tanimayman, ammo u allaqachon futbolchi bo‘lgan yoki bo‘lishni istagan ko‘plab yoshlar uchun namuna hisoblanadi. Bolaligimda uning o‘yinidan olingan videotasvirlarini ko‘rardim. U – yetuk futbolchi. Uning faoliyati men va men kabi chapaqay hamda past bo‘yli futbolchilar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi, ularning o‘yin uslubi – dribling va to‘pni yaxshi ushlab turish. Messida esa bu fazilatlar yuqori darajada.

    Madrid bilan mavsumoldi mashg‘ulotlar nimasi bilan yodda qolgandi?

    — Avvaliga atrofimda dunyoning mashhur o‘yinchilari bo‘lishidan xavotirda edim. Ammo asta-sekin moslasha boshladim, klubdagi hamma meni yaxshi qabul qildi, ulardan ko‘p narsalarni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim.

    Mavsum oldidan tashkillashtirilgan turnirdagi ishtirokingiz ko‘pchilikni hayratga soldi. Bu haqida jamoadoshlaringiz va Zinedin Zidan qanday fikrda?

    — Imkon qadar tezroq moslashishimga ko‘pchilik yordam berdi. Barcha jamoadoshlarim menga yaxshi munosabatda bo‘ldi. Shu jumladan murabbiylar shtabi ham. Mayda detallargacha e’tibor beradigan Zinedin Zidan bir nechta savollar berdi.

    Nima deb o‘ylaysiz, siz uchun “Real”da joy bormi?

    — Hammasi o‘zimga bog‘liq, ishonamanki, “Real”da o‘rnimni topaman. Ayni damda “Malyorka”da o‘zimni yaxshi tomondan namoyon etishim va “Real”da o‘ynashim mumkinligini isbotlashim kerak.

    Siz bunga tayyormisiz?

    —  “Real”ga boshqa klublarga o‘xshamaydi. Barcha futbolchilar yuqori darajadagi o‘yinchilar, shu bois asosiy tarkibdan joy olish oson emas. Ammo ishlashda davom etaman va o‘z imkoniyatimni kutaman. Vaziyat tug‘ilishi bilan undan foydalanaman.

    Nega “Kastilya” yoki boshqa biror klub emas, aynan “Malyorka”da o‘ynay boshladingiz?

    — Mavsumoldi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida yuqori saviyadagi o‘yinchilar bilan birga shug‘ullanish va ularga qarshi ham o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldim. O‘sha paytda kutganimdan ham ko‘proq narsa qilishga muvaffaq bo‘ldim. “Malyorka” menga jiddiy qiziqish bildirdi va menga ishondi. “Kastilya”da ham Raul menga juda yaxshi munosabatda bo‘lgan, u yerdagi hamma narsa menga juda yoqardi, lekin “Malyorka”dan taklif olgach, uni rad etishni xohlamadim.

    Nimalarni o‘rgandingiz?

    — Juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Asosan o‘yinlardan katta tajriba olyapman. Men hujum va himoyada qanday o‘ynash kerakligini o‘rganyapman. Umid qilamanki, shu ruhda davom etaman.

    Ko‘proq qaysi pozitsiyada o‘ynashni ma’qul ko‘rasiz?

    — Hammasi jamoaning o‘yiniga bog‘liq, masalan, “Malyorka”da deyarli har doim o‘ng qanotda o‘ynayman. Aslida esa maydon markazida o‘zimni juda yaxshi his qilaman. U yerda to‘pni chiziqlar oralig‘ida olishim, driblingni o‘sha yerdan boshlashim, to‘p uzatib berishim va zarbalar berishim mumkin. Asosiy ustunligim – to‘pni chiziqlar oralig‘ida qabul qilib, hujumlarni boshlab berish. Biroq o‘ng qanotda ham o‘zimni juda qulay his qilyapman.

    Kelasi yili nima qilishingiz borasida bir qarorga keldingizmi?

    — Hozircha yo‘q. Mavsum tiklanadimi, yo‘qmi bilmayman. O‘ynalmagan 11 ta bahs turibdi, qaror chiqarish uchun bir necha oy bor. Mening maqsadim aniq – “Bernabeu”da “Real” libosida to‘p surish. Aynan shuning uchun hozir harakat qilyapman.

    Orzularingiz qanday?

    — Yetuk futbolchi bo‘lishni, “Real” hamda Yaponiya terma jamoasi bilan katta natijalarga erishishni orzu qilaman.

    “Real” muxlislariga nima degan bo‘lardingiz?

    — Birinchi navbatda, koronavirus bilan kasallangan barcha oilalarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim. “Real” muxlislariga aytishim mumkinki, “Santyago Bernabeu”dagi birinchi o‘yinimni sabrsizlik bilan kutyapman, buni “Real” libosida amalga oshirishni xohlagan bo‘lardim. Bunga erishish uchun bor imkoniyatimni sarflayman.

    Boshqa intervyu va maqolalar:

    • 38 yildan beri davom etayotgan koma. Fransiyalik sobiq futbolchi va unga sodiq qolayotgan ayol haqida hikoya
    • “Agar onam bo‘lmaganida futbolni aniq tashlab ketardim”. Anxel di Mariyaning ta’sirli hikoyasi
    • Falkaodan Shevchenkogacha. Angliyada porlay olmagan yulduzlar (foto)
    • Lautaro yoki Neymar? “Barselona”ga kim ko‘proq zarur?
    • Ronaldu O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi libosida ko‘rinish berdi. Buning uchun pul to‘landimi yoki Habib Nurmagomedov yordam berdimi?

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    19.05.2020, 16:58   Izoh (0)   46689
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Italiyada sport tadbirlari 14-iyunga qadar taqiqlandi

    19.05.2020, 16:13

    Aleks Song “Barselona”ga o‘tgani haqida: “U yerga o‘tishimdan oldin millionerga aylanishimni bilar edim”

    19.05.2020, 15:58

    Erling Holand 2022-yilgacha “Real”ga o‘tmaydi

    19.05.2020, 14:21

    “Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi “Real”ga yo‘l olishi mumkin

    19.05.2020, 13:01

    Mayk Tayson: Qamoqxonada faqat bir marta mushtlashganman

    19.05.2020, 10:01

    “Otamning ahvoli juda og‘ir”. Habib Nurmagomedov otasining holati haqida ma’lumot berdi

    19.05.2020, 09:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.