• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kuzga qoldirilgan to‘y, Belarusdagi qiyinchiliklar va Arveladze bilan kelishmovchilikning asl sababi. Jasur Yaxshiboyev bilan katta intervyu

    “Energetik-BGU” klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev Belarus matbuotiga intervyu berdi.

    Foto: “Energetik-BGU”

    Foto: “Energetik-BGU”

    — Nima uchun ayrimlar seni rus tilini yaxshi bilmasligingni ta’kidlaydi?

    — To‘liq tushunaman. Shunday ekan ko‘rsatmalarda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Biroq atrofda ko‘plab odamlar bo‘lsa, uyalaman va xavotirga tushaman, shu tufayli gapirishga qiynalaman.

    — Bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazasan?

    — Ko‘chaga chiqmayman, uyda qolaman. Ba’zida jamoadoshlarimdan Play Station olib turaman. Biroq ko‘pincha kino yoki futbol tomosha qilaman. Hozirda Belarusdan boshqa joyda futbol yo‘q. Biroq avvalgi yillardagi o‘yinlar takroriy qo‘yilmoqda. “Barselona” va “Arsenal” jamoalarini yaxshi ko‘raman. Mening pozitsiyamda to‘p suruvchi futbolchilarni kuzatish yoqadi.

    — Sen aslida hujumchi emassan, to‘g‘rimi?

    — Ha, Antoliy Yurevich o‘yinimni ko‘rdi va meni oldingi chiziqqa qo‘ydi. Minskka kelgunimga qadar o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynardim. Fransiyalik futbolchi Hotam ben Arfaning o‘yini yoqadi, unda ajoyib dribling bor. Hujumda harakat qilishni boshlaganimdan beri Messining o‘yinini chuqur kuzatyapman. U hujumchi ham, insayd ham emas — erkin ijodkor. To‘p bilan markazga intiladi. Mendan ham shuni talab qilishadi.

    — Bizning qish qanday ekan? Sovuq emasmi?

    — Aksincha. Juda sovuq! Mashg‘ulotlarda bosh kiyim, qo‘lqop va sharfdan foydalandim. Va, albatta, termokiyim — usiz bo‘lmadi. Hozir Belarusda havo ancha isib qoldi. Ammo hali ham ko‘chaga futbolkada chiqa olmayman. O‘zbekistonda esa barcha allaqachon yengi kalta kiyimlarga o‘tgan, cho‘milishmoqda va quyoshda toblanishmoqda.

    — Jaziramadan qochish uchun o‘zbeklar muntazam choyga tayanadimi?

    — Ha, biz deyarli kofe ichmaymiz. Choy — bizning an’anaviy ichimlik. Markaziy Osiyoda unga allaqachon o‘rganib qolishgan. Belaruslar chanqoqni qondirish uchun sovuq choy ichyotganini ba’zida ko‘rib qolaman. Bu to‘g‘ri: u barcha gazli ichimliklardan ko‘ra foydaliroq.

    — O‘zbekistonliklar jaziramani qanday o‘tkazadi?

    — Yozda o‘yin va mashg‘ulotlar kechki soat yetti yoki sakkizlarda boshlanadi, undan oldin emas. Bunga qadar xalq uyida jaziramadan saqlanishga harakat qiladi

    — Sen tug‘ilgan Chinoz qanday joy?

    — U yerni baliq shahri deb atashadi. Sirdaryo daryosidan besh kilometr masofada joylashgan. Chinozda mashhur baliq bozori bor. U juda katta. Kechki soat sakkizdan tongi to‘rtgacha ishlaydi. Chunki qolgan vaqtda havo isib ketadi va baliq sifati pasayadi. Narx? Kilogrammi 1,5 dollar atrofida bo‘ladi. Ko‘plab turlar bor: laqqa, sazan, sudak... Mendan katta laqqa baliqlar bor — bo‘yi ikki metr keladi. Bozorning to‘g‘risida esa ko‘plab oshxonalar bor, baliqni tanlaysan va o‘sha yerning o‘zida qovurib berishadi. Juda mazali!

    — Bolaligingda har kuni baliq yermiding?

    — Yo‘q. Uyim oldida boshqa kichikroq daryo bor — Chirchiq. Biz u yerga borishni va baliq tutgan holda o‘sha yerda qovurishni yaxshi ko‘rardik.

    — Palov tayyorlashni bilasanmi?

    — Yo‘q. Uni Minskda tatib ko‘rdim. Aytgancha, shanba kuni Mavatu va Atemengni osh yeyish uchun choyxonaga olib bordim. Ular “Uzbek good!”, deyishdi. Biroq O‘zbekistonda u butkul boshqacha. Odatda uni mol go‘shtidan tayyorlaymiz, biroq to‘yda qo‘y go‘shtidan tayyorlasa ham bo‘ladi — u foydaliroq.

    — Senga o‘zbek oshxonasi yoqsa kerak?

    — Albatta! Manti, somsa, sho‘rva, lag‘mon. Minskda menga shular yetishmayapti. Bu yerdagi somsa va sho‘rvaning mazasi bizdagiga yaqinroq. Ammo palov haqida bunday deb bo‘lmaydi.

    — Sizlarning taomlaringiz sportchi uchun zararli ekani to‘g‘rimi?

    — Juda yog‘li va shu sabab u zararli. Biroq biz bunga o‘rganib qolganmiz — bizga xalal bermaydi.

    — Hozir Ramazon oyi. Sen faqat kun botgandan keyin ovqatlanasanmi?

    — Hatto suv ichish ham mumkin emas. Qiyin, biroq har kuni bu farzni ado etamiz. Eng qiyini — birinchi hafta. Keyin ko‘nikasan. Kech kirganda birdaniga ko‘p ovqat yeyish mumkin emas. Oshqozon bunga tayyor bo‘lmaydi, qorin og‘riydi. Avvaliga kam-kamdan — shokolad, suv, qandaydir shirinlik. Bir-bir yarim soatdan keyin ovqatlanish mumkin.

    —Mashg‘ulot va o‘yinlarga kuchni qayerdan olasan?

    — Ko‘proq uxlash kerak, o‘shanda hammasi joyida bo‘ladi — kuch ham, tetiklik ham. Agar to‘yib uxlasang, ochlik bilinmaydi. Aksincha bo‘lsa, oshqozon ovqat talab qiladi va bu qiyin.

    — Uyingdan uzoqda senga nima yetishmayapti?

    — Yaqinlar bilan suhbat. Biz oilada besh farzandmiz. Men eng kattasiman. Ukam va uch nafar singlim bor.

    — Minskda nimaga ko‘nikish qiyin bo‘lmoqda?

    — Ovqatga ko‘nikish mumkin. Biroq biz musulmon davlatmiz, mentalitet boshqacha. Shu sabab, ko‘chada chekayotgan va ayniqsa ichayotganlarni uchratish odatiy hol emas. Bunga har kuni guvoh bo‘lasan.

    — Men birinchi marta chet elga ketganingni nazarda tutyapman.

    — Menimcha, bundanda battar bo‘lishi mumkin edi. Biroq uyimdan uzoqda yashashga ko‘nikib qolganman. “Paxtakor”da to‘p surgan vaqtim Toshkentda yashardim. Chinozga 2-3 oyda bir marta, bor-yo‘g‘i bir haftaga borib kelardim.

    — Belarus va o‘zbek bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

    — O‘z-o‘zidan xalqlarmizda mentalitet turlicha. U sobiq ittifoq mamlakatlarining har biriga o‘ziga xos. O‘zbeklar janub odamlaridek, menimcha, salgina qiziqqonroq. Biroq men xotirjamman. Tezda tutaqib ketmayman.

    — Toshkent Minskdan kattami?

    — Aniq bilmayman. Biroq bizning poytaxt so‘nggi to‘rt yilda sezilarli darajada o‘zgardi. U yerda ko‘plab inshootlar qurildi. Tashkent City ishbilarmonlar markazi ochildi. Uning atrofida ulkan xiyobon qurildi. Shaharda ko‘p qavatli binolar ko‘plab topiladi. Chinozda esa bundaylari yo‘q. Mening ona yurtimda bir necha asrlar avval janglar bo‘lgan. Buyuk sarkarda Amir Temur davridan buyon Chinozda ulkan tepaliklar bor. Ular bir-biridan uch kilometr oraliqda joylashgan. Ular dushmanni aniqlash va uning harakatini kuzatish uchun maxsus barpo qilingan.

    — Aytishlaricha, mamlakatda iqtisodiyot katta ko‘lamda rivojlanmoqda?

    — Bu to‘g‘ri. Bizda hozir juda yaxshi prezident bor. Yildan yilga mamlakatda yashash sharoiti yaxshilanmoqda. Markaziy Osiyoda O‘zbekiston qolgan mamlakatlardan oldinda.

    — Mamlakating gilamlari bilan mashhur. Uyingda ulardan nechta bor?

    — U har bir xonadonda bor. Har bir xona poliga to‘shalgan. Avvallari devorlarga ham ilinardi, biroq o‘n yillarcha oldin bunday qilmay qo‘yishdi. Gilamsiz sen o‘zbek emassan. Agar u bo‘lmasa biz o‘zimizni noqulay his qilamiz. U bilan issiqroq, gilamning o‘zida uxlash mumkin.

    — O‘zbekistonda futboldan keyingi ikkinchi sport turi boksmi?

    — Shunday. Bizda kuchli bokschilar bor. Ularni butun dunyo taniydi! Riodagi Olimpiya o‘yinlarida uchta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Istalgan bolakaydan so‘rasangiz, u futbolchi yoki bokschi bo‘lmoqchi ekanini aytadi.

    — Sizlarda sun’iy qoplamali maydonlar ko‘pmi?

    — Yetarli darajada. Biroq chempionat bahslarida undan foydalanilmaydi. O‘zbekiston juda issiq. Buning ustiga sintetika maydonda to‘p surish juda qiyin bo‘ladi. Sun’iy maydonlar — oddiy odamlar uchun, ular to‘p tepish uchun kechki payt to‘planadi.

    — Nimaning hisobiga sening yurtingda kuchli futbolchilar yetishib chiqmoqda?

    — Bizning futbolchilar texnikasi juda kuchli, bu borada ular belaruslardan kuchli. Jismoniy holat borasida bunday deb bo‘lmaydi. Yugurish, turtish va kurashda u qadar kuchli emasmiz. Ya’ni Yervopada to‘p surish uchun texnika yetarli darajada, jismoniy holat esa yetmaydi.

    — Sizlarning jamoalaringiz o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida g‘olib chiqqan.

    — Ular muntazam Jahon chempionatlarida ishtirok etadi. Kattalar terma jamoasi esa hech qanaqasiga u yerga yetib bora olmayapti. Muntazam bir qadam yetmay qoladi. Umuman olganda bizda iqtidorli bolakaylar juda ko‘p. Biroq barchada ham shug‘ullanish uchun sharoit mavjud emas. Poytaxtdan uzoqdagi oilalarning ko‘pchiligi bolasini Toshkentda olib kela olmaydi. Ba’zilar hatto butsa sotib olib bera olmaydi. Men avvalroq o‘zimni misol keltirgandim. Buvim bilan har kuni poyezdda Toshkentga qatnar edim. Butsani esa uning nafaqasiga olganmiz.

    — Yanvar oyida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Portugaliyaning beshta karra chempioni Lyubinko Drulovich qo‘l ostida harakat qilding. U qanday murabbiy?

    — Kuchli murabbiy. Bir necha yil avval uning qo‘l ostidagi Serbiya yoshlari Yevropa chempioniga aylangan. Insoniylik tomondan ham unda hammasi joyida. Agar boshqacha bo‘lsa, sen yaxshi futbolchi bo‘la olmaysan.

    — O‘zbek futboli yulduzlaridan kim bilan tanishsan?

    — Bizda eng mashhuri — Eldor Shomurodov. Xitoyda to‘p suruvchi Odil Ahmedov bor — terma jamoa sardori. Biroq Shomurodov har bir o‘yinda gol urmoqda va uni ko‘proq yaxshi ko‘rishadi. Eldor eng yuqori sport formasida, hozirda uning yulduzlik vaqti. Ularning ikkisi bilan ham terma jamoa safida birga to‘p surganman. 2018-yilda Eron va Urugvayga qarshi safardagi o‘rtoqlik o‘yinlarida zaxiradan maydonga tushgandim.

    — O‘sha vaqtda terma jamoani mashhur Ektor Kuper boshqararmidi?

    — Yo‘q. U o‘yinlar may va iyun oylarida o‘tkazilgan. Kuper esa avgustda kelgandi. Meni terma jamoa yig‘inlariga chaqirgan. Biroq 2019-yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogiga olib ketmagan.

    — O‘zbek futbolidagi eng obro‘li shaxs kim?

    — Mirjalol Qosimov. O‘tgan yili OKMKda uning qo‘l ostida harakat qildim. “Rotor” yordamchi murabbiyi — Maksim Shatskix. “Paxtakor” sport direktori Jafar Irismetov. Albatta, mashhur hakam Ravshan Ermatov. Uni hamma hurmat qiladi, hozirda u federatsiya vitse-prezidenti.

    — Osiyo Chempionlar Ligasida qaysi yulduzlar bilan to‘qnash kelgansan?

    — Ispaniyalik futbolchilar — Xavi, Gabi va Alvaro Negredo. Niderlandiyalik Sneyder bilan. Ajoyib futbolchilar! Ularning harakatlari, to‘pga ochilishi, maydonni ko‘ra olishi! Xavining yonida uch futbolchi, u esa ularni ko‘rdim demaydi.

    — “Paxtakor”da BATE klubning sobiq himoyachisi Simich bilan o‘ynagansan. Eshitishimcha, u borisovliklar safiga qaytishi mumkin ekan.

    — Ha. Marko — kuchli futbolchi. Biroq hozir “Paxtakor” markaziy himoyasida kuchli mahalliy o‘yinchilar bor. Bu chiziqda raqobat juda yuqori va Simich ba’zida zaxirada qolib ketmoqda. Menimcha, bunga sabab u mavsumlar oralig‘ida klubni tark etgani bo‘ldi.

    — Shahboz Umarov bilan OKMKdagi faoliyatga qadar tanishmiding?

    — Ha. Toshkentdagi internatda birga o‘qiganmiz. Keyin u “Paxtakor” akademiyasida o‘ynadi. Shahboz ham poytaxtlik emas, u Olmaliqdan. Biz bilan OKMKda Vladislav Kasminin ham birga to‘p tepgan. Ajoyib yigit. Biz har kuni suhbatlashib turardik.

    — “Energetik” seni “Paxtakor”dan ijarga oldi. Toshkentga chaqirishmayaptimi?

    — Hozircha yo‘q. Biroq o‘zim ham Yevropaga ketishni istayman. Buning ustiga Shota Arvelaladze bilan o‘rtamizda tushunmovchilik bor. Bir marta meni almashtirishdi, jahlim chiqdi va unga qo‘l uzatmadim. Hammasi shundan boshlandi. Zaxirada qolishni boshladim, maydonga esa faqat 10-15 daqiqaga tushar edim. Bu vaqt ichida nimaga ulgurish mumkin? Shu tariqa to‘pni sezish va o‘yin tempim paysaydi, formamni yo‘qotdim. To‘pni qabul qilganimda u bilan nima qilish kerakligini eslay olmasdim. Borgan sari yomon o‘yin ko‘rsata boshladim.

    Hatto yaxshi harakat qilsam ham keyingi o‘yinni zaxiradan boshlardim. Bu ruhiy tomondan azob beradi. “Energetik”dagi holatim butkul boshqacha. Murabbiylar menga ishonadi. Jamoaga kerakligim va foydam tegayotganini his qilyapman. Menga bekorga ishonch bildirilmayotganini isbotlamoqchiman.

    — Borisov va Slutskdagi o‘yinlarda uchta penaltini muvaffaqiyatli bajarding. Bunga qadar O‘zbekistonda bu ishni ko‘p amalga oshirganmisan?

    — Biror marta ham tepmaganman. Mavsum boshlanishidan avval esa meni asosiy penalti tepuvchiga aylantirishdi. Bu men uchun yangi chaqiruv bo‘ldi.

    — Chempionatda qancha gol urishni xohlaysan?

    — Har bir o‘yinda gol yoki samarali uzatma amalga oshirishni istayman.

    — Mavsumlar oralig‘ida mashg‘ulotlarda qattiq charchadingmi?

    — Juda. O‘zbekistondagi yuklamalar bu yerdagiga yaqin ham kela olmaydi. Shu sabab og‘ir bo‘ldi. Murabbiylar buni angladi va ba’zida dam olish imkoniyatini taqdim etdi. “Gorka” deb ataladigan mashg‘ulot bor. Butun jamoa yugurayotgan vaqtda ba’zida uni o‘tkazib yuborishimga ruxsat berishardi.

    — Qachon Minskdan O‘zbekistonga qaytmoqchisan?

    — Yozda borishni xohlagandim. Chinozda to‘y qilmoqchi edik. Biroq hozir chegaralar yopiq, shu sabab uni kuzga qoldirishga to‘g‘ri keladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    14.05.2020, 09:12   Izoh (0)   30543
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Habib Nurmagomedovning otasi koma holatiga tushib qoldi

    14.05.2020, 08:29

    Ronaldu O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi libosida ko‘rinish berdi. Buning uchun pul to‘landimi yoki Habib Nurmagomedov yordam berdimi?

    14.05.2020, 00:04

    14-may tongida UFC navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi

    13.05.2020, 23:58

    “Barselona” “Inter” va “Manchester Siti” bilan uch tomonlama transfer ustida ishlamoqda

    13.05.2020, 18:02

    “Real” sobiq futbolchisi giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi tufayli hibsga olindi

    13.05.2020, 17:01

    Chempionlar Ligasida bir o‘yinda o‘rtacha gol urish bo‘yicha yetakchilar aniqlandi. Messi Ronalduni ortda qoldirdi

    13.05.2020, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.