“Real” klubi va Kolumbiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Edvin Kongo giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.
Marca nashrining xabar qilishicha, Ispaniya politsiyasi tomonidan olib borilgan operatsiya jarayonida 10 kishi hibsga olingan. Ayni damda Kongo va guruhning boshqa a’zolari hibsda saqlanmoqda. Politsiya kokain moddasining noqonuniy aylanmasi yuzasidan tergov ishi qo‘zg‘agan.
Kongo 1999-yilda madridliklar klubiga kelgan, biroq “Real” bosh jamoasida birorta ham o‘yin o‘tkazmay 2002-yilda “Levante”ga yo‘l olgan. Kolumbiyalik futbolchi “Onse Kaldas”, “Valyadolid”, “Gimaraynsh”, “Tuluza”, “Levante” va boshqa bir qator klublarda faoliyat yuritgan. U 2012-yilda futbolchilik faoliyatiga yakun yasagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)