Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov Moskvadagi kasalxonada koma holatiga tushib qolgan.
“Sport-Ekspress” o‘z manbasiga tayanib xabar qilishicha, mutaxassisni Dog‘istonda noto‘g‘ri davolashgan, natijada uning holati og‘irlashgan.
“Abdulmanapning holati juda og‘ir, u Moskvada koma holatida yotibdi. Uni Dog‘istonda noto‘g‘ri davolashgan, uning ahvoli og‘ir. Abdulmanapni samolyotda olib ketishdi, hozirda u Moskvadagi harbiy gospitalda davolanmoqda. U yerga yaqinlarini qo‘yishmayapti”, — deydi nomi oshkor qilinmagan manba.
Mash Telegram kanalining xabariga ko‘ra, Abdulmanap Nurmagomedov insult bo‘lgan va hozirda uning holati o‘ta og‘ir darajada.
UFC jangchisi va Habibning do‘sti Islom Maxachev Nurmagomedovlarning kattasi og‘ir ahvolda ekanini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 57 yoshli murabbiy 25-aprel kuri pnevmoniya tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Ahvoli og‘irlashgach, 3-may kuni Moskvaga olib ketilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)