• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ronaldu O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi libosida ko‘rinish berdi. Buning uchun pul to‘landimi yoki Habib Nurmagomedov yordam berdimi?

    Bir necha kun oldin 5 karra “Oltin to‘p” sohibi, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi logotipi tushirilgan libosda ko‘rinish berdi.

    Foto: Instagram

    Instagram’da 218 millionlik obunachiga ega Ronaldu o‘sha libosda bolalari bilan birga tushgan suratiga “Eng buyuk muhabbat” deya izoh qoldirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi ham o‘zining Instagram’dagi sahifasida bir post qoldirdi. Unda quyidagi jumlalar aks etgandi: “Krishtianu Ronaldu ‘UMMAA.UZ’ futbolkasida. Har doimgidek u to‘g‘ri tanlov qildi”.

    Bu voqealardan keyin ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasining Ronalduga ushbu libosni kiyib, tashkilotni reklama qilishi uchun katta pul to‘lagani haqida xabarlar aylandi. “Daryo” ushbu voqeliklarga izoh so‘rab, tashkilotning birinchi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov bilan bog‘landi.

    Foto: Boks federatsiyasi

    Dastlab Sherzod Toshmatov assotsiatsiyaning Krishtianu Ronaldu “UMMAA.UZ” libosida chiqqanligiga munosabatini quyidagicha bayon etdi:

    “Biz assotsiatsiya futbolkasida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan birini ko‘rib hayratga tushdik desam, hech kimni hayron qoldirmagan bo‘laman deb o‘ylayman. Ha, biz Krishtianuning boshqa ko‘plab sport yulduzlari singari, o‘tgan yili esdalik sifatida sovg‘alarimizni qabul qilganini bilardik. O‘shanda bir qator mashhur kishilarga ham bunday buyumlar yuborilgandi. Ammo keling, haqiqatni tan olaylik, bu darajadagi mashhur kishidan nafaqat futbolkani kiyishini, balki o‘zining Instagram sahifasiga uni kiygan holdagi suratni qo‘yishidan umid qilish imkoniyati past edi. Bu yerda esa gap Ronalduning 218 million obunachisi bo‘lgan Instagram profili haqida ketmoqda. Tabiiyki, biz bundan, albatta, xursand bo‘ldik va bizni tushunish mumkin. Keyin esa ijtimoiy tarmoqlarda biz Ronalduga to‘lagan pullar to‘g‘risida turli xil bo‘lmag‘ur gaplar paydo bo‘la boshladi, biroq bu shunchaki kulgili. Faqatgina suratga qarash va uning Nike brendi ostida (Ronalduning kompaniya bilan reklama borasida shartnomasi bor) suratga tushgan rasmlari bilan taqqoslanganda darhol hamma narsa ayon bo‘ladi: u holatda hammasi brendni reklama qilish maqsadida oldindan rejalashtiriladi, bunisida esa futbolchi shunchaki oila davrasida o‘zi uchun qulay bo‘lgan futbolkada logotipning ko‘rinishi haqida qayg‘urmasdan dam olishga qaror qilgan. Men buni oldin ham aytganman va yana takrorlayman, biz ikki oy avval yangi UMMAA logotipini e’lon qilganmiz va bu futbolka Ronalduning shaxsiy tanlovi ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Darvoqe, ajoyib tanlov!”.

    Assotsiatsiyaning yangi liboslari shunday ko‘rinishda

    Assotsiatsiyaning yangi liboslari shunday ko‘rinishda
    Foto: MMA assotsiatsiyasi

    Habib Nurmagomedov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi bilan yaqin do‘st hisoblanishi, o‘z navbatida Habib va Ronaldu ham ancha yaqinligi, tashkilot libosini kiyishiga Habibning aloqasi bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga esa Toshmatov quyidagicha javob berdi:

    “Habib Nurmagomedovni haqiqatan ham assotsiatsiyamizning yaqin do‘sti deb atasa bo‘ladi. MMA’ning yorqin vakili sifatida uning qo‘llab-quvvatlashi bizning yosh tashkilotimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. U shaxs sifatidagi namunasi, muvaffaqiyati tarixi, insoniy fazilatlari bilan sportga endi kirib kelayotgan ko‘plab yoshlar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Men Habibning o‘zi UMMAA markali aksessuarlarni kiyishdan mamnun bo‘lishini bilaman, biroq u Ronaldu yoki boshqa birovga ham xuddi shunday qilishni tavsiya qilgan deb o‘ylamayman. U yoki bu formani kiyish – juda nozik masala, shu bois bunday so‘rovlar yetakchi brendlar bilan qat’iy shartnomalar bilan bog‘langan jahon darajasidagi sportchilar orasida ahamiyatli bo‘lmaydi”.

    Assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti o‘zbekistonlik MMA sportchilarining karantin vaqtidagi holati va nimalar bilan mashg‘ulligi haqida ham gapirib o‘tdi:

    “Yaxshi sport formasini ushlab turish – sportchilar uchun birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Baxtimizga, karantin qoidalari joriy etilguniga qadar biz aralash jang san’atlari bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionatini o‘tkazishga va milliy terma jamoani shakllantirishga muvaffaq bo‘lgandik. Hozirgi vaqtga kelib, barcha yigitlarimiz o‘zini-o‘zi yakkalash holatida va ularning hammasi karantin qoidalariga amal qilmoqda. Shu bilan birga ular Zoom ilovasi va Instagram’dagi jonli efirdan foydalanib, muntazam ravishda mashg‘ulotlarni onlayn rejimda olib bormoqda va terma jamoa bosh murabbiyi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”.

    Toshmatov koronavirus pandemiyasi boshqa sport turlarida bo‘lgani kabi assotsiatsiyaning yaqin kelajakdagi rejalarini ham o‘zgartirib yuborganini ta’kidlab o‘tdi:

    “Hozirgi vaziyatni hisobga olib, aniq rejalar haqida gapirish oson emas. COVID-19 pandemiyasi, sport taqvimlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: O‘zbekiston va butun dunyoda deyarli barcha sport musobaqalari bekor qilindi yoki qoldirildi. MMA’ni yanada ommalashtirish, yangi istiqbolli jangchilarni jalb qilish, respublika mintaqalarida faol ishlash va ertami, kechmi qayta tiklanadigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish har qanday holatda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi”.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    14.05.2020, 00:04   Izoh (0)   81790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    14-may tongida UFC navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi

    13.05.2020, 23:58

    “Barselona” “Inter” va “Manchester Siti” bilan uch tomonlama transfer ustida ishlamoqda

    13.05.2020, 18:02

    “Real” sobiq futbolchisi giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi tufayli hibsga olindi

    13.05.2020, 17:01

    Chempionlar Ligasida bir o‘yinda o‘rtacha gol urish bo‘yicha yetakchilar aniqlandi. Messi Ronalduni ortda qoldirdi

    13.05.2020, 16:02

    “Men qaytdim!”. 53 yoshli Mayk Tayson qanday mashg‘ulot o‘tayotganini namoyish etdi (video)

    13.05.2020, 15:01

    Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachonga rejalashtirilganligi ma’lum qilindi

    13.05.2020, 14:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10

    Navbatdagi “derbi” va ko‘p yillik tanaffusdan keyingi g‘alaba: “Navbahor” va “Neftchi” o‘yinidan fotogalereya

    Futbol | 17 avgust, 17:05

    Uchta “respublikachi shtat” poytaxt Vashingtonga qo‘shin yuboradi

    Dunyo | 17 avgust, 16:55

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50

    Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi (video)

    O‘zbekiston | 17 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.