Ushbu taom tez tayyor bo‘ladi va ortiqcha vaqtingizni olmaydi.

Foto: “Povar”

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Tovuq — 1 dona
  • O‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
  • Smetana — 4 osh qoshiq
  • Sarimsoq piyoz
  • Piyoz — 1-2 dona
  • Suv yoki tovuq bulyoni — 200 ml
  • Un — 0,5 piyola
  • Quritilgan rayhon kukuni — 1 osh qoshiq
  • Murch, tuz — ta’bga ko‘ra
  • Ko‘katlar

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tovuqni bo‘laklarga bo‘lib, tovada o‘simlik yog‘iga qovurib oling.
  • Tovuqqa piyoz, qizarganidan keyin sarimsoq qo‘shing.
  • Tovuq pishguniga qadar sous tayyorlang: tovuq bulyoniga smetana va un qo‘shing, yaxshilab aralashtiring.
  • Sousni tovaga soling .
  • Tuz, murch, quritilgan rayhon qo‘shing.
  • Qaynab chiqqanidan keyin ustini yopib dimlab qo‘ying.
  • Tayyor bo‘lgach ko‘katlar bilan bezang.
  • Taomni makaron, guruch yoki grechka bilan qo‘shib yeyish mumkin.

Yoqimli ishtaha!