Daryo

Iftorlik dasturxonini tovuqli beshbarmoq bilan bezaymiz

Beshbarmoq istalgan dasturxonga ko‘rk beruvchi, mazasi og‘izda qoluvchi tansiq taom sanaladi

1 daqiqa o‘qish86 740 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Beshbarmoq istalgan dasturxonga ko‘rk beruvchi, mazasi og‘izda qoluvchi tansiq taom sanaladi. Uni iftorlikka tayyorlab, oila a’zolaringiz kayfiyatini ko‘tarishingiz mumkin.

Foto: Getty Images
Ushbu taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Tovuq — butun
  • Piyoz 1 dona
  • Sabzi 1 dona
  • Tuz — ta’bga qarab
  • Lavr yaprog‘i
Xamir uchun:
  • Un — 600-650 gr
  • Suv — 350 ml
  • Tuxum 2 dona
  • Tuz — bir chimdim
Bezak uchun :
  • Piyoz va murch
Tayyorlanish jarayoni:
  • Tovuqdan bulyon tayyorlab oling, unga sabzi va piyoz hamda lavr yaprog‘i soling.
  • Qaynaganidan keyin ko‘piklarini olib miltillatib past olovda qaynating, bulyon tiniq bo‘lib pishishi kerak.
  • Tovuqli bulyon qaynaguniga qadar xamir qoring.
  • Xamir har doimgidek qoriladi: tuzli suv, un, tuxumni qo‘shing. Xamir qattiq va tarang bo‘lishi kerak.
  • Tayyor xamirni paketga solib biroz tingani qo‘ying.
  • Xamirni jo‘​va bilan katta qilib yoyib, to‘rtburchak shaklda qilib kesib chiqamiz (qalin yoki ingichkaligi o‘zingiz va oila a’zolaringiz xohishiga bog‘liq)
  • Kesilgan xamir bo‘laklarini biroz stol ustida qoldiring.
  • Bulyondan tovuq va sabzavotlarni oling.
  • Tuz soling va kesilgan xamir bo‘laklarini pishirib oling.
  • Xamir yopishib qolmasligi uchun kam-kamdan solib pishiring.
  • Lagan yoki kattaroq idishga birinchi bo‘lib xamirni soling.
  • Ustidan tovuq go‘shtini soling.
  • Quruq bo‘lmasin desangiz bulyondan 3-4 qoshiq solishingiz mumkin.
  • Taom ustini murchlangan piyoz bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar