• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 22-aprelning asosiy xabarlari

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus oqibatida vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha 179 ming kishidan ortdi, infeksiya bilan kasallanganlar esa 2,6 million kishiga yaqinlashdi. Koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 22-aprelning asosiy xabarlari.

    Jahondagi vaziyat

    Jons Hopkins universitetining Toshkent vaqti bilan soat 20:30 dagi ma’lumotlariga ko‘ra:
    • dunyo bo‘yicha infeksiya bilan kasallanganlar — 2 593 129 kishi;
    • kasallikdan tuzalganlar — 696 948 kishi;
    • infeksiya oqibatida vafot etganlar — 179 725 kishi.
    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 825 ming kishidan oshib ketdi. Mamlakat COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 45 063 kishiga yetdi.

    Eron Islom Respublikasida 21-aprel holati bo‘yicha koronavirusni yuqtirib olganlar soni 84 802 nafarni tashkil qilmoqda. 60 695 nafar bemor kasallikdan tuzalgani ma’lum qilindi. 19-fevral kuni mamlakatda koronavirus tarqalgani e’lon qilganidan beri kasallik oqibatida vafot etganlarning soni 5297 nafarga yetgan.

    Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 57 999 kishiga yetdi. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 513 kishiga yetdi, 4420 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Qozog‘istonda 22-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 2025 kishiga yetdi. Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 19 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 489 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

    Qirg‘izistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning jami soni 612 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 7 kishi COVID-19 qurboniga aylandi. Hozirga qadar 254 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 nafarni tashkil etmoqda.

    Namanganda koronavirus infeksiyasi aniqlangan 54 yoshli bemor (ayol) 22-aprel kuni o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. U  14-aprel kuni og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan. Bemor oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi. Toshkentda 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq kasallikdan sog‘aydi.

    O‘zbekiston bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

    O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshladi. Shavkat Mirziyoyev dalalarda, tomorqalarda mehnat qilayotgan dehqon va fermerlarga, klaster xo‘jaliklari rahbarlari va ishchi-xizmatchlarga minnatdorchlik bildirdi.

    Mirziyoyev va Erdo‘g‘on koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilish niyatida. Ushbu masalani tezkor hal qilish uchun o‘zaro muvofiqlashgan tarzda ishlash maqsadida yaqin kunlarda Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash va transport vazirliklari rahbarlarining turkum onlayn-uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

    Fotto: Prezident matbuot xizmati

    Fotto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi. “Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni keng qo‘llab-quvvatlayotgan barcha yurtdoshlarimizga yana bir marta rahmat aytaman”, — dedi Prezident.

    O‘zbekistonga kelgan xitoylik shifokorlarning 11 nafari 21-aprel, seshanba kuni, Andijondagi holat bilan tanishib, viloyat shifokorlari bilan tajriba almashdi. Qo‘shimcha qilinishicha, xitoylik shifokorlar shu kunning o‘zida Namangan viloyatiga jo‘nab ketgan.

    Foto: Sherzod Sotvoldiyev

    Foto: Sherzod Sotvoldiyev

    Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirildi. Loyihaning barcha 158 nafar ishtirokchisi koronavirusni aniqlash bo‘yicha virusologik tekshiruvdan o‘tkazildi va test natijalariga asosan Prezident maktabiga joylashtirildi.

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Jizzaxda karantin vaqtida faoliyat yuritgan kompyuterxona egasi jazolandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun hujjatlarini topshirgan talabalarning natijalari yaqin kunlarda tasdiqlanishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Markaziy banki valyutada kredit olganlarning zararlarini qoplab bermasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, banklar 48,1 foiz kreditlarni xorijiy valyutada taqdim etgan.

    Jahonda nima gap?

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich COVID-19 bilan kasallanganlarning vafoti haqidagi hisob-kitoblar bemorda boshqa kasalliklar uchragan bo‘lsa ham koronavirusdan qayd etilgan, deb hisobga olinayotganini ma’lum qildi. Qo‘shimcha qilinishicha, epidemiya ortda qolganidan keyin ushbu masala qayta o‘rganiladi.

    Amerikaning Missuri shtati koronavirus sabab Xitoyni sudga berdi. Da’voda javobgar tomon sifatida Xitoy hukumati, mamlakat kommunistik partiyasi va Xitoyning boshqa mansabdor shaxslari hamda davlat muassasalari ko‘rsatilgan.

    Taxminlarga ko‘ra, AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkin. Koronavirusning yangi to‘lqini mavsumiy gripp epidemiyasiga to‘g‘ri kelishi mumkinligi aytilmoqda.

    Tramp immigrantlarning AQShga kirishi ikki oyga to‘xtatilganini ma’lum qildi. “Bu koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatida ishsiz qolgan amerikaliklarni himoya qilishga yordam beradi“, — degan prezident.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Moskvada koronavirus bilan kasallangan shifokor vafot etdi. Maksim Starinskiyning vafoti — COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolayotgan shifokorlar orasida kuzatilgan birinchi o‘lim holati.

    Moskva meri koronavirus belgilari bor shaxslar bilan yashayotganlarning ko‘chaga chiqishiga ruxsat berdi. Bundan tashqari, hukumat O‘RVI belgilariga ega bo‘lgan fuqarolarning geolokatsiyasini kuzatib boradi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Professor, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor Aleksandr Karabinenko koronavirus bilan kasallangan odamlarni davolaydigan shifokorlar qiyin sharoitlarda ishlashga majbur bo‘layotgani haqida ma’lum qilgan. “Ularning mehnat sharoitlari ham juda og‘ir, chunki tagliklarda kuniga 12 soat uzluksiz ishlashga to‘g‘ri keladi. Yeb-ichish ham yo‘q. Bu — juda mashaqqatli ish”, — degan Karabinenko va buning uchun shifokorlarga munosib haq to‘lash kerakligini aytgan.

    “Pandemiyadan keyin dunyo asl holiga qaytmaydi”. Telegram asoschisi Pavel Durov koronavirusdan keyingi hayot haqida fikr bildirib, yaqin vaqtlarda paydo bo‘ladigan yangi dunyo biz ortda qoldirayotgandanda yaxshiroq bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq ekanligini aytdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Xitoyning Chjeszyan universiteti olimlarining aniqlashicha, SARS-CoV-2 koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 kasalligi patogenning shtammiga qarab kasallik og‘irroq yoki yengilroq kechishi mumkin. Tadqiqot doirasida ular turli shtammlarning inson hujayralariga qanchalik tez kirib borishi va ularni nobud qilishi mumkinligini aniqlagan. Natijada, kasallik qo‘zg‘atuvchi tajovuzkor shtammlar mavjudligi tasdiqlandi, ularning virus yuki eng zaif shtammlarga qaraganda 270 baravargacha yuqori bo‘lishi mumkin.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    22.04.2020, 21:54   Izoh (0)   125448
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DSQ raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati — tadbirkorlarni saxovatga majburlash emas

    22.04.2020, 21:45

    Andijonda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga xizmat avtomobillari topshirildi

    22.04.2020, 21:42

    O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshladi

    22.04.2020, 21:08

    O‘zbekistonda karantin davrida ham 11 ta tijorat banki onlayn tarzda mikroqarz berayotgani aytildi

    22.04.2020, 20:54

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi

    22.04.2020, 20:45

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 23-aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    22.04.2020, 20:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.