Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

COVID-19 bilan kasallanganlarning vafoti haqidagi hisob-kitoblar bemorda boshqa kasalliklar uchragan bo‘lsa ham koronavirusdan qayd etilgan, deb hisobga olinmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.

Foto: France 24

Foto: France 24

“Bemor COVID-19 bilan kasallangan bo‘lsa va vafot etsa, u holda, albatta, o‘limga koronavirus sabab bo‘lgan deb hisoblanadi”, – deya ta’kidlagan Vuynovich “Exo Moskvi” radiokanalidagi efirda.

JSST vakili koronavirus bevosita o‘limga olib olib borgan holatlar, shuningdek, bemorlarda COVID-19’dan boshqa xastaliklar ham uchragan vaziyatlar kuzatilayotganini tan oldi. Vuynovichning qo‘shimcha qilishicha, epidemiya ortda qolganidan keyin ushbu masala qayta o‘rganiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-martda koronavirus infeksiyasining tarqalishini butun dunyoda pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari bo‘yicha, 21-aprel holatiga ko‘ra butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,5 milliondan oshib ketgan. Pandemiya boshlanganidan beri kasallikdan vafot etganlar esa 171,8 ming nafarni tashkil qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim