• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DSQ raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati — tadbirkorlarni saxovatga majburlash emas

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev karantin davrida jismoniy va yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilayotganlar ishlar yuzasidan intervyu berdi. Xususan, u Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatidan ko‘zlangan maqsad haqida gapirib, karantin davrida ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan soliq to‘lovchilarga minnatdorlik bildirdi.

    Mubin Mirzayev.

    Mubin Mirzayev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — Pandemiya sabab ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda retsessiya boshlangan. Shu sharoitda O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini saqlab qolish, sanoat ishlab chiqarishi, iqtisodiy quvvatlar faoliyati bir maromda davom etishi uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu aynan nimalarda namoyon bo‘lmoqda?— Hozirgi pandemiya sabab yuzaga kelgan inqiroz dunyoda shu vaqtgacha yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlardan nimasi bilan farq qiladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Avvalgi inqirozlar odatda bir tomon — talab yoki taklifdan biri muammolarga uchrashi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, joriy inqiroz iqtisodiyotga ikki tomonlama — ham talab, ham taklif nuqtai nazaridan ta’sir qilayotgani bilan ajralib turibdi. Dunyoda kuzatilayotgan inqirozli holat O‘zbekiston iqtisodiyoti ko‘rsatkichlarining pasayishiga ham sabab bo‘lmoqda va pandemiyaning salbiy ta’siri ayniqsa ikkinchi chorakda yanada yaqqolroq yuzaga chiqishi mumkin.

    Shunga qaramay, Prezidentimiz tomonidan belgilangan aniq chora-tadbirlar samarasi o‘laroq 2020-yilning birinchi choragida davlat byudjetiga 24 trillion so‘m miqdordagi soliqlar undirilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar ijrosi to‘liq ta’minlandi. Soliq to‘lovchilarimiz holatni to‘g‘ri qabul qilib, soliq to‘lash majburiyatini o‘z vaqtida bajarmoqda. 21-aprel holatiga ko‘ra, barcha soliq to‘lovchilar tomonidan aprel oyida belgilangan soliq tushumlarining 70 foizdan ortig‘i bajarilgan va, o‘ylaymizki, aprel oyi uchun soliq majburiyatlari ham to‘liq bajariladi.

    — Karantin davrida oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar narxi oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik qanday choralar ko‘rilmoqda?— Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) va Bosh prokuratura huzuridagi Departament zimmasiga karantin davrida zaruriy oziq-ovqat hamda tibbiyot mahsulotlari narxi asossiz o‘sib ketishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish yuklatilgan. DSQ va uning hududiy boshqarmalarida ushbu yo‘nalishda ish olib boruvchi shtablar tuzilgan bo‘lib, 30 mingdan ortiq chakana savdo tarmoqlarida narx-navo barqarorligini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

    Bunda onlayn nazorat-kassa mashinalari hamda elektron hisob-fakturalar monitoringi yuritilmoqda. Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga zudlik bilan munosabat bildirish maqsadida ishonch telefonlari va call-markaz operatorlari soni oshirilgan. Dehqon bozorlarida asosiy turdagi 11 ta oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlarining narx-navosi doimiy monitoring qilinib, bozor va savdo markazlaridan uzoq bo‘lgan mahallalar va olis qishloqlarda yarmarkalar tashkil qilinmoqda.

    — Pandemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligini ta’minlash, iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?— O‘zbekistonda karantin tartibi e’lon qilingan kundan bugunga qadar aholi va tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish bo‘yicha Prezidentning ikkita farmoni qabul qilindi. Bu ikki hujjatda aholi va biznesning deyarli barcha qatlamlari qamrab olingan.

    19-mart kuni qabul qilingan ilk farmon bilan soliq to‘lovlari bo‘yicha yengilliklar berish haqida 11 ta me’yor belgilandi. Uchta me’yor jismoniy shaxslarga taalluqli bo‘lsa, sakkiztasi tadbirkorlarga tegishli. 3-apreldagi ikkinchi farmon bilan bevosita soliq imtiyozi va yengilliklar bilan bog‘liq bo‘lgan yana 12 ta norma kiritildi.

    — Buni aniq toifalar misolida chuqurroq tahlil qilish mumkinmi? Masalan, ayni sharoitda aholi, ya’ni jismoniy shaxslar uchun qanday yengillik va imkoniyatlar ko‘zda tutilgan?— Aholining mavjud mablag‘larini tejash, ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida birinchi galda davlat oldidagi xarajatlar bilan bog‘liq majburiyatlarini bajarish muddatlari uzaytirildi. Xususan, 19-martdagi farmonga asosan 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar etib belgilandi. Jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer soliqlarini 2020-yil 15-oktabrga qadar to‘lash huquqi berildi. Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT)lar uchun ijtimoiy soliqning oylik summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga pasaytirildi.

    Shuningdek, karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan YaTTlar uchun qat’iy belgilangan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblashni to‘xtatish belgilandi. Bunda, faoliyatni to‘xtatganlik to‘g‘risida soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani topshirish talab etilmasligi qayd etildi. DSQ tomonidan my.soliq.uz saytida YaTTning shaxsiy kabineti orqali soliqlar hisoblanishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabarnomani soliq organiga yuborish xizmati yaratildi.

    Karantin davrida qarzi bor YaTTlarning realizatsiya hajmi 50 foizdan ko‘pga kamayib ketsa, ushbu soliqni 1-oktabrga qadar kechiktirishi va keyinchalik 12 oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ldi. Bugungi kunda faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan 198 mingta YaTT ushbu imtiyozdan foydalanmoqda. Ularga 541 milliard so‘mlik daromad solig‘ining qat’iy summasi va ijtimoiy soliq summalari hisoblanishi to‘xtatilgan.

    — Soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash, xufyona iqtisodiyot tarafdorlari kam emas. Ammo joriy etilayotgan choralar ularning aksariyatini o‘z faoliyatini qonuniylashtirish, insofli soliq to‘lovchiga aylanishga undashi mumkin, shunday emasmi?— To‘g‘ri, soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda eng asosiy mezon bu — soliq to‘lovchilarning soliq xizmati organlariga bo‘lgan ishonchidir. Biz soliq to‘lovchilarning muammolarini eshitib, ushbu muammolarni yechishga harakat qilyapmiz. Davlat soliq organi oldingi kabi soliq to‘lovchilarni tekshiradigan emas, balki ular bilan hamjihatlikda ishlab, ularga maslahat beruvchi organ bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmas.

    O‘z vaqtida berilgan to‘g‘ri maslahat soliq majburiyatlarning vaqtida va to‘liq hajmda byudjetga yo‘naltirilishiga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, pandemiya davrida plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblarning keng joriy etilishi natijasida 21-aprel holatiga ko‘ra soliq to‘lovchilarimiz tomonidan to‘langan aylanmadan olinadigan soliqning ko‘rsatkichi 82—83 foizni tashkil etmoqda.

    Ya’ni, aprelda ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati to‘xtab qolganiga qaramay, ushbu soliq turi bo‘yicha tushumlar o‘tgan yanvar, fevral, mart oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan ko‘proq. Bunga soliq to‘lovchilar hozirgi holatni to‘g‘ri qabul qilgani, mablag‘larni to‘liq hisobotlarda aks ettirgani sabab bo‘lmoqda.

    Buning uchun biz albatta soliq to‘lovchilardan minnatdormiz.

    — Ushbu inqiroz ishbay, kunbay haq oluvchilar, xususan, shaxsiy avtomobilida yo‘lovchi tashib daromad topadiganlarga ayniqsa og‘ir keldi. Nima deb o‘ylaysiz, ijtimoiy ko‘mak nuqtai nazaridan ularga nisbatan yondashuv prinsiplarini o‘zgartirish vaqti kelmadimikin?— Koronavirus pandemiyasi qonuniy faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy jihatdan har tomonlama muhofaza qilinganligi, norasmiy faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar esa og‘ir ahvolga tushib qolishlari mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi.

    Sanab o‘tilgan yordamga muhtoj qatlamlar masalasini yechish oldimizdagi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ushbu masalani yechishga tayyor ko‘plab saxovatpesha tadbirkorlarimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tiklash bo‘yicha ayrim tashkiliy masalalarni hal etish yuzasidan soliq organlariga murojaatlar tushmoqda.

    Bu murojaatlarning aksariyati tadbirkorlarga o‘z transportlarida harakatlanish imkoniyatini taqdim etish va xodimlarini ishga qatnashishini ta’minlashdan iborat. Bu masalalarni tezkorlik bilan yechish yuzasidan, DSQning tegishli takliflaridan kelib chiqib, Prezidentimiz tomonlaridan tegishli qarorlar qabul qilindi.

    — “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati, uning doirasida tadbirkorlarga taklif etilayotgan sharoitlar haqida nima deya olasiz?— “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak. Bu tadbirkorlarni saxovatga majburlash emas, balki ularning ko‘mak ishlarida ixtiyoriy ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan zarur shart-sharoitlarni yaratish harakatidir.

    Birinchidan, ushbu harakatga qo‘shilgan tadbirkorlik subyektlarining 1-aprel holatiga soliq qarzdorligi avtomatik ravishda 1-oktabrga qadar uzaytirish va ularga penya va jarimalar qo‘llamaslik tartiblarini joriy etish;

    Ikkinchidan, tashqi savdo operatsiyalari bilan shug‘ullangan, ya’ni eksport va importdan muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorligi mavjud korxonalarga nisbatan soliq organlari tomonidan jarimalar qo‘llamaslik;

    Uchinchidan, 1-aprel holatiga ko‘ra bank kreditlaridan, lizingdan va boshqa moliyaviy majburiyati bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari qarzdorligining asosiy va foiz summasi grafigi avtomatik ravishda 1-oktabrgacha, ya’ni olti oyga uzaytirish kabi imtiyoz va preferensiyalar berish ko‘zda tutilmoqda.

    Shuningdek, tadbirkorlarimizning vaqtincha ishsiz bo‘lgan mehnatga layoqatlilarni o‘z kasbiga qarab ishga jalb qilish va ularga ish haqi berish kabi takliflari ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha ravishda imtiyoz va preferensiyalar berish nazarda tutilmoqda.

    Bunday sharoitlarning yaratilishi tadbirkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Pandemiya davrida ko‘makka muhtoj aholiga vaqtincha mablag‘ berish bilan cheklanib qolmay, balki ularni doimiy daromad keltirish manbasi bilan ta’minlash zarur. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda samara beradi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi

    22.04.2020, 21:45   Izoh (0)   26831
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga xizmat avtomobillari topshirildi

    22.04.2020, 21:42

    O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshladi

    22.04.2020, 21:08

    O‘zbekistonda karantin davrida ham 11 ta tijorat banki onlayn tarzda mikroqarz berayotgani aytildi

    22.04.2020, 20:54

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi

    22.04.2020, 20:45

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 23-aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    22.04.2020, 20:34

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi

    22.04.2020, 20:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.