“Inter” sobiq himoyachisi Marko Materatssi braziliyalik hujumchi Ronaldoning milanliklar safidan “Real”ga o‘tib ketganini yodga oldi.
“Bir narsani aytaman: Ronaldo bizga qaytishni xohlagan bo‘lardi. Men buni aniq bilaman. U hatto 2002-yili ketishni ham istamagandi. Men kiyinish xonasida tiz cho‘kib undan qolishini so‘raganman, biroq u shunday javob bergan: “Yo‘q. Yoki men, yoki Ektor Kuper”. O‘shanda u ketishini anglab yetgandim”, — deydi Materatssi.
Ronaldo 1997—2002-yillar mobaynida “Inter”da faoliyat yuritgan, shundan keyin 45 million yevro evaziga “Real”ga yo‘l olgan. Ikki karra “Oltin to‘p” sohibi shuningdek, “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Milan” va “Korintians”da ham to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, keyinchalik Ronaldo O‘zbekiston terma jamoasi sobiq ustozini faoliyatidagi eng yomon murabbiy deb atagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)