Boks super og‘ir vazn toifasining WBA Super, WBO, IBF yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni Entoni Joshua kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Britaniyalik sportchi ayrim raqiblar bilan to‘qnash kelmagunga qadar boksdan ketish niyati yo‘qligini aytdi. Joshua Sky Sports telekanali bilan bo‘lgan intervyuda olti nafar bokschidan iborat ro‘yxatni ma’lum qildi.
Joshua ushbu ro‘yxatga Tayson Fyuri, Deontey Uaylder, Jarrel Miller, Oleksandr Usik, Luis Ortis va Adam Kovnatskiylarni kiritdi.
Joshua 2019-yilning yozida Miller bilan bahs yuritishi kerak edi, biroq Jarrel doping tekshiruvidan o‘ta olmagan. Oqibatda uning o‘rnini Endi Ruis egallaydi va Joshua ustidan sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritadi. Faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatdan keyin Entoni revansh jangi o‘tkazadi va unda Ruisga imkon qoldirmaydi.
Joshua ro‘yxatdagi jangchilar bilan hali to‘qnash kelmagan.
Eslatib o‘tamiz, Entoni 25-iyulda bolgariyalik bokschi Kubrat Pulevga qarshi ringga chiqadi.
Izoh (0)