Uyda har kuni bir xil taom tayyorlashdan zerikdingizmi? Unda bor mahsulotlardan noan’anaviy va mazali taom tayyorlang.
Kerakli mahsulotlar:
- Kartoshka — 1kg
- Qiyma — 100 gr
- Piyoz — 100 gr
- Bulg‘or qalampiri — 100 gr
- Sarimsoq — 3 dona
- Quritilgan rayhon
- Smetana
- Pishloq
- Tuz
- Murch
- Qiymaga piyoz, sarimsoq, bulg‘or qalampirini mayda to‘g‘rab qo‘shing.
- Tuz, murch va quritilgan rayhonni qiymaga qo‘shib aralashtiring.
- Kartoshkani ikkiga bo‘ling, yarim bo‘lagining ichini qayiqsimon shaklda o‘ying.
- O‘yilgan kartoshka ichiga qiymali massani soling.
- Ustidan smetana surtib, 1 soatga qizigan pechga qo‘ying.
- 1 soat o‘tib qayiqchalarni oling va ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepib, yana 10 daqiqaga pechga qo‘ying.
Mavzuga doir:
- Kechki ovqat uchun makaronli 2 xil taom retsepti
- 10 daqiqada tayyor bo‘ladigan 3 ta bahoriy salat
- 10 daqiqada tayyor bo‘ladigan foydali va mazali desert
- Bolalarga yoqadigan grechkali yegulikning uchta retsepti
- Desert o‘rnini bosuvchi va oson tayyorlanuvchi mevali salat
- 5 daqiqada tayyorlanadigan foydali nonushta
Izoh (0)