Kaloriyali desertlar o‘rnini bosuvchi, shu bilan birga foydali salat tayyorlaymiz. Buning uchun bizga yogurt, olma, asal va dolchin kerak bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar:
1 porsiya uchun:- Olma — 1 dona
- Yong‘oq— 1 dona
- Dolchin — ta’bga qarab
- Asal — 1 osh qoshiq
- Yogurt — 2 osh qoshiq
- Olmani kichik kubik shaklida to‘g‘rang
- Yong‘oqni maydalang va olma bilan aralashtiring
- Dolchin, asal va yogurtni salatga qo‘shib, aralashtiring
Mavzuga doir: Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlaymiz. Buning uchun atigi uchta mahsulot kerak bo‘ladi








