Daryo

10 daqiqada tayyor bo‘ladigan 3 ta bahoriy salat

Bahor mavsumida sifatli ovqatlanish o‘ta muhim

1 daqiqa o‘qish117 282 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: Lifehacker

Bahorda organizm vitaminlarga har qachongidan ham ko‘proq ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ushbu mavsumda sifatli ovqatlanish o‘ta muhim. Quyida sizga tez tayyor bo‘ladigan vitaminlarga boy uchta salat retsepti taqdim etiladi.

Pomidor, bodring va bulg‘or qalampiridan salat

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • Pomidor — 2 dona
  • Bodring — 2 dona
  • Bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • Salat barglari — ta’bga ko‘ra
  • O‘simlik yog‘i — 1 choy qoshiq
  • Tuz — ta’bga ko‘ra
 Tayyorlanishi

1․Pomidor, bodring va bulg‘or qalampirini to‘g‘rang.

2․Sabzavotlarga salat barglari, yog‘ va tuz qo‘shib aralashtiring.

Qaymoq va shokolad qo‘shilgan mevali salat

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • Banan — 2 dona,
  • Olma — 2 dona
  • Kivi — 1 dona
  • Apelsin — 1 dona
  • Malina — yarim stakan
  • Shokolad — 100 gramm
  • Ko‘pirtirilgan qaymoq — ta’bga ko‘ra
 Tayyorlanishi:

1․Banan, olma, kivi va apelsinni maydalab to‘g‘rab, unga malinani aralashtiring.

2․Shokoladni ham bo‘laklarga bo‘lib mevalar ustiga solamiz. Bezash uchun biroz shokolad qoldiramiz.

3․Mevalar ustiga ko‘pirtirilgan qaymoqni solib, qirg‘ichdan o‘tkazilgan shokolad bilan bezatamiz.

Tuxum va ko‘k piyozli salat

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • Tuxum — 4-5 dona
  • Ko‘k piyoz — yarim bog‘
  • Mayonez — ta’bga ko‘ra
  • Tuz — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:

1․ Tuxumni qaynatib oling, sovuting, tozalab oling.

2․Tuxumni to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab oling.

3․Ko‘k piyozni maydalab to‘g‘rab oling.

4․Masalliqlarga mayonez va tuz solib, aralashtiring.

Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar