Meva yoki sabzavotlardan tayyorlangan smuzining mazasi og‘zingizda qolishi aniq. Uni katta-yu kichik uchun nonushtaga tortish mumkin.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Tvorog – 100 gramm
- Sut – 100 ml
- Banan – 1 dona
- Qulupnay – 1 stakan
- Vanilin
- Suli yormasi
- * banan va qulupnay o‘rniga istalgan mevani ishlatish mumkin.
- Tvorogga banan va qulupnay qo‘shib, blenderda bo‘tqa holiga keltiring.
- Bo‘tqa holiga kelgan aralashmaga sut va vanilin, ta’bga qarab shakar qo‘shing.
- Tayyor smuzini stakanga soling va ustini suli yormasi yoki mevalar bilan bezang.
Izoh (0)