Daryo

10 daqiqada tayyor bo‘ladigan foydali va mazali desert

Desertni tayyorlashga 4 ta mahsulot kerak bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish43 186 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Dom desertov”

Karantin davri oila a’zolarimizni mazali taomlar va noodatiy desertlar bilan xursand qilish uchun yaxshi imkoniyat hamdir. Quyida sizga barchaga birdek yoquvchi olmali muss tayyorlashni o‘rgatamiz.

Foto: “Dom desertov”

10 daqiqa vaqt oluvchi ushbu desertni tayyorlashga 4 ta mahsulot kerak bo‘ladi.

Masalliqlar:

Kichikroq olma

Bir choy qoshiq manniy yormasi

Yarim stakan suv

Ta’bga ko‘ra asal yoki shakar

Tayyorlanish jarayoni:

Archib, tozalab olingan olmaning ustiga suv quyib, yumshaguniga qadar qaynatamiz. Yumshaganidan so‘ng sanchqi yoki blender yordamida ezib olamiz. So‘ng manniy yormasi va shakar solamiz. Hosil bo‘lgan massani sirli idishga solib, o‘rta olovda 5 daqiqa qaynatamiz.

Qaynagan massani sovutib, mikser yordamida qattiq ko‘pik hosil qilamiz.

Ranglar va kimyoviy qo‘shimchalarsiz olmali muss tayyor!

Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar