Kecha, 18-aprel kuni, AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yunus Nazarovning ma’lum qilishicha, karantin sababli soliq tushumlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan pastroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Muzaffar Yunus Nazarovning ta’kidlashicha, karantin va joriy qilingan cheklovlar sababli ayrim ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining pasayishi, ba’zi tadbirkorlik subyektlari faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishi soliq tushumlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan pastroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
“Lekin muhtaram yurtboshimiz mablag‘ bilan bog‘liq har qanday yo‘qotishlar xalqimiz, fuqarolarimiz sog‘lig‘idan muhim emasligini doim takrorlaydilar. Shundan kelib chiqib, soliq tushumlarining kamayib ketishi karantin qoidalarini yumshatilishiga sabab bo‘la olmaydi deb bemalol aytishimiz mumkin”, — dedi qo‘mita vakili.
Izoh (0)