UEFA koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatdan so‘ng 17-mart, seshanba kuni majlis o‘tkazadi.
AS nashrining xabar qilishicha, UEFA mazkur yig‘ilishda milliy chempionatlar g‘oliblari, Yevrokuboklarda ishtirok etadigan klublar va musobaqani tark etadigan jamoalarni aniqlash mezbonlarini e’lon qiladi.
Agar biror musobaqa o‘tkazilmay qolsa tashkilot ayni damdagi yetakchini chempion sifatida e’lon qilmoqchi. Xuddi shu tizimda yevrokuboklar ishtirokchilari ham aniqlanadi.
Milliy chempionatni tark etadigan va yangi qo‘shiladigan jamoalar taqdiri ligalarning o‘ziga topshiriladi.
Mavzuga doir: Koronavirus va sport: Qoldirilgan Superliga, bo‘m-bo‘sh “Humo Arena” va Tojikistonga qarshi sir tutilgan o‘rtoqlik o‘yini
Ma’lumot uchun, ayni damda Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida quyidagi jamoalar yetakchi bo‘lib turibdi: “Liverpul” (Angliya), “Barselona” (Ispaniya), “Bavariya” (Germaniya), “Yuventus” (Italiya), PSJ (Fransiya)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)