O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta’lim muassasalari koronavirus sabab 2020-yil 16-mart sanasidan boshlab noma’lum muddatga yopildi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida e’lon qilindi.
“Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazirlik tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBO‘SMlar, BO‘SMlaridagi pullik va bepul to‘garaklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha to‘garaklar nomuayyan muddatga ta’tilga chiqariladi.
Shu bilan birga O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan barcha sport turlari bo‘yicha chempionatlar va kuboklar hamda boshqa ichki musobaqalar ham noma’lum muddatga qoldiriladi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalar to‘xtatilgani ma’lum bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)