• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Koronavirus va sport: Qoldirilgan Superliga, bo‘m-bo‘sh “Humo Arena” va Tojikistonga qarshi sir tutilgan o‘rtoqlik o‘yini

    Koronavirus pandemiyasi sport bo‘yicha ko‘plab musobaqalarning bekor bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Quyida koronavirusning sportga ta’siri borasidagi so‘nggi ma’lumotlar taqdim etiladi.

    Foto: PFL

    Foto: PFL

    O‘zbekistondagi barcha sport musobaqalari bekor qilindi

    15-mart, yakshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat kuzatildi. Shu sabab, 16-martdan e’tiboran barcha ommaviy tadbirlar qatori sport musobaqalari ham qoldirildi.

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha sport muassasalari noma’lum muddatga yopildi, mamlakat chempionatlari to‘xtatildi. Shuningdek, futbol bo‘yicha Superliga va boshqa birinchiliklar qoldirildi.

    Tojikiston futbol federatsiyaning ma’lum qilishicha, 31-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi Toshkentda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik bahsi bekor qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi koronavirus sabab mamlakatda yuzaga kelgan holat tufayli shu qarorga kelgan.

    Qizig‘i shundaki, bu o‘yin o‘tkazilishi haqida avvalroq hech qayerda ma’lum qilinmagandi. Aslida Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa 31-mart kuni JCh—2022 saralash bosqichi doirasida Yamanga qarshi o‘ynashi kerak edi, biroq mazkur bahslar FIFA va OFK qaroriga ko‘ra qoldirilgandi.

    Bekor bo‘layotgan musobaqalar

    Futbol bo‘yicha Braziliya chempionati koronavirus tufayli noma’lum muddatga qoldirildi. Chempionat qachondan davom ettirilishi keyinroq ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, Kubok bahslari ham qoldirilgan. 16-mart holatiga ko‘ra, Braziliyada 218 kishi koronavirus yuqtirib olgan.

    Futbol bo‘yicha Meksika va Jazoir chempionatlari ham to‘xtatildi.

    Xitoy basketbol ligasi yanvar oyi so‘nggida bekor qilingan musobaqani 2-apreldan davom ettirmoqchi. Bu borada legioner basketbolchilarga ogohlantirish xati yuborilgan. Agar sportchilar aytilgan vaqtda klub tasarrufiga yetib kelmasa diskvalifikatsiya qilinadi.

    Koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan vaziyatga befarq bo‘layotgan kam sonli mamlakatlardan biri Rossiya bo‘lib turibdi. Mamlakatda RPL va KXL kabi yirik musobaqalar davom etmoqda.

    Mavzuga doir: FIFA klublarga futbolchilarni terma jamoa safiga qo‘yib yubormaslikka ruxsat berdi

    Yevro—2020 qoldiriladimi?

    Yevropada futbol bo‘yicha musobaqalar deyarli barcha joyda to‘xtatildi. Ayni damda yozda o‘tishi kerak bo‘lgan Yevro—2020 musobaqasining qoldirilish masalasi bosh mavzuga aylangan. UEFA bu borada 17-mart, seshanba kungi yig‘ilishda qaror qabul qilishi xabar qilinmoqda.

    Bu masalada Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina UEFAga musobaqani qoldirishni maslahat berdi. Buning evaziga Italiya yozda A Seriya o‘yinlarini o‘tkazib olmoqchi. Avvalroq A Seriya o‘yinlari 3-aprelga qadar to‘xtatilgandi.

    Ayni vaqtda Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 24747 kishiga yetgan, 1809 nafar odam vafot etgan bo‘lsa, 2335 kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

    Koronavirusga yo‘liqqan sport olami vakillari

    “Valensiya” futbol klubi himoyachisi Esekel Garay COVID-19 virusini yuqtirib oldi. Futbolchi bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan va o‘zini yaxshi his etayotganini ta’kidlagan.

    Shundan keyin “Valensiya” klubida yana to‘rtta virus bilan zararlanish holati qayd etildi. Ularning ikki nafari futbolchi — Eliakim Mangalya va Xose Gayya. Bu xabardan keyin “Atalanta” karantin e’lon qilgan. Avvalroq jamoalar Chempionlar Ligasi 1/8 finalida o‘zaro bahs yuritgandi.

    Mavzuga doir: Konor Makgregorning xolasi koronavirusdan vafot etdi

    Xokkey haqida

    Xokkey bo‘yicha VXL Kubogida ishtirok etayotgan Toshkentning “Humo” klubi 15-mart, yakshanba kuni “Zvezda”ga qarshi chorak final bahsini tomoshabinlarsiz o‘tkazdi. “Humo Arena”dagi bahsda toshkentliklar mag‘lubiyatga uchradi (0:2).

    Qozog‘istonning “Baris” xokkey klubi Gagarin Kubogi pley-offida ishtirok etishdan bosh tortdi. Ayni damda Qozog‘istonda favqulodda holat e’lon qilingan va klub rahbariyati musobaqadagi ishtirokni to‘xtatish qaroriga kelgan. Qizig‘i, KXLning 60 foizga yaqin xokkeychisi musobaqa to‘xtatilishi istamoqda, biroq tashkilot bu masalani ko‘rib chiqqani yo‘q.

    Shveysariyaning “Bil” xokkey klubi bosh murabbiyi Antti Termyanenda koronavirus aniqlandi. 49 yoshli mutaxassis uy karantiniga olingan, klub esa 20-martga qadar barcha mashg‘ulot va tadbirlarni bekor qildi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    16.03.2020, 18:24   Izoh (0)   33380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi barcha sport muassasalari noma’lum muddatga yopildi, chempionatlar to‘xtatildi

    15.03.2020, 23:48

    RPL. “Rostov” o‘z uyida “Lokomotiv”ga yutqazdi, Oston O‘runov jamoasi Moskva klubidan ochko tortib oldi

    15.03.2020, 23:18

    Superliga. Vodiy derbisida durang qayd etildi. “Lokomotiv” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    15.03.2020, 19:15

    Koronavirus sabab Superliga o‘yinlari to‘xtatiladi

    15.03.2020, 16:18

    “Tayson Fyuri xohlasa, u bilan jang qilishga tayyorman” — Entoni Joshua

    14.03.2020, 23:33

    “Sport zalidan tashqarida nimalar ro‘y berayotganiga umuman tushunmayapman” — Habib Nurmagomedov

    14.03.2020, 22:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.