• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizning yubkasini yechib yuborgani aytildi. Maktab ma’muriyati bu gap-so‘zlarni rad etmoqda

    Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan 38-o‘rta maktabning 6-sinf o‘quvchisi sinf rahbari tomonidan sinfdoshlarining oldida izza qilingani haqidagi murojaat yuzasidan “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov surishtiruv olib bordi.

    O‘zini o‘qituvchisi tomonidan tahqirlagan deb aytayotgan 12 yoshli Hulkar (ismi o‘zgartirilgan)ning aytishicha, voqea 2-mart kuni tushdan keyin ro‘y bergan.

    Foto: “Daryo”

    “Jismoniy tarbiya darsidan chiqib, ingliz tili darsiga kelganimizda sinf rahbarimiz (Ma’mura Isaqulova) kirib keldi. Hamma qizlarni doskaga chiqarib, oyoq va ustki kiyimlarni to‘g‘rilab, darsga kelishimizni aytdi. Mendan oldinda turgan ikkita qizga ham ustidagi kiyimi va yubkasini o‘zgartirib kelishni buyurdi. Oxirida menga navbat keldi. Yubkamni zamogini yarmigacha yechib, ‘Buni almashtirgin, bo‘lmasa, keyingi safar ham yechib olaman’, dedi. Keyin yubkamni yopdim, partaga o‘tirayotganimda bolalar ustimdan kulishdi”, — dedi Hulkar.

    Qizning onasi “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Hulkar soat 16:00 lar atrofida ikki sinfdoshi bilan uyga yig‘lab kelganini aytdi.

    “Titragan va holati og‘ir edi. ‘Nima bo‘ldi?’, deb so‘rasam, ‘Maktabga bormayman’, deb yig‘lab yubordi. Sal o‘ziga kelgach, ‘O‘qituvchim sinfdoshlarim oldida yubkamni yechdi. O‘g‘il bola sinfdoshlarim meni qattiq haqorat qildi. Maktabga bormayman, meni sharmanda qilishdi’, dedi”, — deydi ona.

    Foto: “Daryo”

    Hulkarning onasi qizi aytgan holat haqiqatdan ham bo‘lgan-bo‘lmaganligiga oydinlik kiritish uchun uning sinfdoshlari bilan gaplashgan, suhbatni audioga yozib olgan.

    “Bir o‘rtog‘idan: ‘O‘qituvchi rostan Hulkarning yubkasini yechdimi?’, deb so‘rasam, ‘Ha, bolalar masxara qilib tashladi. Keyin qizingizning mazasi bo‘lmadi, doktorga olib tushsak, yo‘q ekan. Yuzini yuvib, darsda qatnashdi, o‘qish tugagach birga uyga olib bordik’, dedi. Undan tashqari yana ikki dugonasi ham qizim aytgan gaplarni tasdiqladi”, — dedi Hulkarning onasi.

    Onaning ta’kidlashicha, yuz bergan voqea qizining ruhiyatiga og‘ir ta’sir qilgan. “Gapirgisi kelmay, ovqat yemadi, suv ichmadi. Keyin tez yordam chaqirishga majbur bo‘ldik. Shifokor situatsion nevroz, deb tashxis qo‘ydi”, — deydi ona. Shifokor bu yoshdagi bolalar gap ko‘tara olmasligi, o‘zini boshqarish, depressiyadan chiqishni bilmasligini, bu holda qand kasalligini orttirib olishi mumkinligini aytib, uni bolalar psixologi ko‘rigidan o‘tkazishni tavsiya qilgan.

    Maktab direktori Gulnora Qo‘chqorova o‘qituvchi o‘quvchining yubkasi yechilganini rad etdi.

    Maktab direktori Gulnora Qo‘chqorova.

    Maktab direktori Gulnora Qo‘chqorova.
    Foto: “Daryo”

    “Hulkarning sinfdoshlari menga aytdiki, o‘qituvchi: ‘Yubkangni zamogida katta yumalog‘i bor, bu ko‘zga tashlanadi. Sen qiz bolasan, endi katta bo‘lib qolding, zamokni yo o‘ng tomonga qilib olgin yoki boshqa yubka kiygin’, deb gapirgan, xolos. Boshqa sinfdoshlari shuni tasdiqladi. Onasiga ham sinfdoshlari o‘qituvchi yubkani yechmagani, faqat undan ushlaganini aytgan. Sinfdoshlaridan birining aytishicha, Hulkar bo‘lgan voqeani “oyimga oshirib aytaman” degan”, — dedi maktab rahbari.

    Hulkarning sinf rahbari Ma’mura Isaqulova 33 yillik stajga ega, musiqadan dars beradi. Uning aytishicha, u o‘quvchiga yubkasi belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelmagani uchungina tushuntirish bergan xolos.

    “Xonaga kirib, avval o‘g‘il bolalarni turg‘azdim, ularga formaga tushib olish kerakligini aytdim. So‘ng qizlarni doskaga chiqarib, har biriga alohida-alohida tushuntirdim... Butun sinfga eshitiladigan qilib gapirganim ham yo‘q”, — deydi Ma’mura Isaqulova.

    Maktabda tavsiya etilgan forma va Hulkarning yubkasi.

    Maktabda tavsiya etilgan forma va Hulkarning yubkasi.
    Foto: “Daryo”

    Navbat Hulkarga kelganida sinf rahbari uning yubkasidagi yumaloq temirni ushlab, bu libos bo‘lmasligini, o‘quvchi qiz boshqa yubkasini kiyib kelishi lozimligini aytgan. Sinf rahbarining ta’kidlashicha, uning bu so‘zlariga javoban Hulkar: “Ha”, deb javob bergan.

    “Uning yubkasi belgilangan standartga to‘g‘ri kelmaydi, tor, istalgan vaqtda yechilib ketishi mumkin... Hech kimning yubkasini yechganim ham yo‘q. Forma tekshiruvini tugatgach, hamma qizlar joyiga o‘tirdi, men o‘zimning darsimga chiqib ketdim”, — deya qo‘shimcha qildi Ma’mura Isaqulova.

    Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yubkaning aynan zamokli bo‘lish-bo‘lmasligi haqida gap yo‘q. Shunga qaramay, maktab direktorining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Muhabbat Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, maktabning o‘z ustavida forma belgilab qo‘yilgan.

    Maktab ustavining forma masalasidagi qismi.

    Maktab ustavining forma masalasidagi qismi.
    Foto: “Daryo”

    “Hozir yagona forma majburiy bo‘lmasa-da, o‘quvchilarga oq-qora rangli formada bo‘lishlari kerakligini aytamiz. Agar forma deb turmasak, o‘quvchilar maktabga ming xil rangli kiyimda kelishi mumkin. Hulkarning yubkasida zamok bo‘lishi bizga to‘g‘ri kelmaydi, zamok buzilib qolishi mumkin. Ustavga to‘g‘ri keladi, ammo tor”, — dedi direktor muovini.

    Ona qizini izza qilgan o‘qituvchi ustidan shikoyat qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 1006 ishonch raqamiga va mas’ul xodimlariga uch soat davomida qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lana olmagan.

    “Xalq ta’limi vazirligiga e’tirozimning birinchisi shuki, sinf rahbari boshqa fan hisobidan o‘quvchilarga tushuntirish olib borishi noto‘g‘ri. Ikkinchidan, agar qizimning formasi qoidaga to‘g‘ri kelmasa, buni uning kundaligiga yozib berishi kerak edi. Agar kundalikni ko‘rib, qo‘l qo‘yib borsam-u, lekin u shu yubkasini kiyishda davom etadigan bo‘lsa, maktab vakillari komissiya tuzib uyimga kelishi lozim. Bu ishlarning hech biri bo‘lmagan, bo‘lgan taqdirda ham o‘quvchining yubkasini yechishga hech kimni haqi yo‘q”, — deydi ona.

    Onaning qo‘shimcha qilishicha, o‘qituvchi tomonidan standartlarga to‘g‘ri kelmaydi deb aytilayotgan yubkani Hulkar o‘quv yili boshlangandan buyon kiyib kelmoqda. Shu vaqtgacha uning o‘qishi bo‘yicha ham, formasi bo‘yicha ham o‘qituvchilar tomonidan hech qanday e’tiroz bo‘lmagan edi.

    Ma’mura Isaqulova o‘quvchilarga tanaffus paytida tushuntirish berganini aytmoqda. Hulkarning sinfdoshlari esa sinf rahbari ingliz tili darsi vaqtida forma masalasida tushuntirish berganini ta’kidlamoqda.

    Sinf rahbari Hulkarning formasi talabga javob bermasligi masalasida uning ota-onasini xabardor qilmaganini aytdi. “Lekin ota-onalar forma bo‘yicha farzandlarining kundaligiga yozilgan talablar bilan tanishib, qo‘l qo‘yib bergan”, — deya qo‘shimcha qildi sinf rahbari.

    38-maktab binosiga kirish joyi.

    38-maktab binosiga kirish joyi.
    Foto: “Daryo”

    Voqea bo‘lgan vaqtda sinfda bo‘lgan o‘quvchi qizlar “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Hulkarning onasiga aytgan gaplarga zid ma’lumot berdi. O‘quvchi qizlar dastlab: “Doskada Hulkarning yonida hech kim yo‘q edi, o‘qituvchi Hulkarni to‘sib turgan edi, shuning uchun nima bo‘lganini ko‘rmadik”, dedi. Keyinroq esa “sinf rahbarimiz uning faqat yubkasi zamogidan ushlab tanbeh berdi” dedi. Ayni vaqtda ular sinf rahbari Hulkarning yubkasiga tegingan vaqtda hamma bolalar kulib yuborgani va tarbiyaviy soat ingliz tili darsi hisobidan bo‘lganini tasdiqlagan.

    Qizning otasi o‘qituvchiga chora ko‘rish uchun ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilgan. “Agar biz hozir jim tursak, ertaga bu holat boshqa o‘quvchilar bilan ham takrorlanishi mumkin. Maqsadim — bu kabi holatlar ortiq yuz bermasin”, — deya ta’kidladi Hulkarning otasi.

    Uchtepa tuman voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori kapitan Oqil Abdurahmonovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, shikoyat bo‘yicha tegishli tartibda ish boshlangan. Uning ta’kidlashicha, surishtiruv o‘rnatilgan tartibda olib borilib, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga qonuniy chora ko‘riladi.

    05.03.2020, 20:12   Izoh (0)   145733
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi

    05.03.2020, 19:57

    Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi

    05.03.2020, 19:26

    “O‘zgidromet” 6-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    05.03.2020, 18:24

    Toshkentda avtobus haydovchisining yo‘nalishli taksi bilan poyga o‘ynashi oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi

    05.03.2020, 17:56

    O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi rasmiy Telegram-kanalini ochdi

    05.03.2020, 17:13

    Toshkent shahar IIBB haydovchilarga avtomobil raqamini yashirishga urinish jiddiy jarimaga olib kelishini eslatdi

    05.03.2020, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34

    Superliga. “Neftchi” “Navbahor”dan, “Dinamo” “OKMK”dan ustun keldi

    Sport | 16 avgust, 21:26

    “Bembi: o‘rmon dahshati”. 2025-yil yozida premyerasi bo‘lgan trillerlar

    Kino | 16 avgust, 20:59

    “Yaponiya kelajak sari yurish uchun o‘tmish bilan yuzlashishi shart” — Janubiy Koreya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 20:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.