• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: “Tolibon”ning tinchishi, Umrani to‘sgan koronavirus, kambag‘allikni kamaytirish, peshonadagi lineyka

     “Daryo” saytida haftaning eng muhim va muhokamali xabarlar sharhini boshlaymiz.

    Аfg‘onistonda tinchlik o‘rnatiladimi?

    Garchi dayjestimiz mahalliy xabarlarni sharhlasa-da, AQSh va “Tolibon” kelishuvga erishganini eslashimiz joizdir, chunki tinchlik kelishuvida, birinchidan, O‘zbekistonning kattagina hissasi bo‘lsa, ikkinchidan afg‘on diyorida tinchlik o‘rnatilishi O‘zbekiston uchun har taraflama manfaatlidir.

    Shu hafta tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar poytaxtidagi Afg‘oniston tinchlik muzokarasida qatnashdi. Dohadagi uchrashuvda AQSh va “Tolibon” harakati tinchlik kelishuvini imzoladi. Ma’lumki, “Tolibon” Afg‘onistonda bitta ham amerikalik askar qolmaguncha kurashishini qayta-qayta takrorlaydi. AQSh prezidenti, o‘z navbatida, afg‘on diyoridan qo‘shinlarini olib chiqish niyatini yana aytdi. Bu umidbaxsh xabardir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Oxund Prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratgani uchun minnatdorlik bildirdi. U O‘zbekistonning sa’y-harakatlari tufayli afg‘on mojarosi yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida ekanligini e’tirof etdi.

    Avvalroq Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi O‘zbekistonning geosiyosiy jihatdan yangi bosqichga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deb aytgandi.

    Tibbiyot muassasalarida o‘zgarish

    Tibbiyot kollejlari, xalq tilida aytganda “meduchilishche”lar o‘rniga Ibn Sino maktablari tashkil etilishi samara beradimi yoki an’anaviy nom almashtirish kampaniyasiga guvoh bo‘lamizmi? Bu hozircha noaniq. Ammo o‘tgan haftada Prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu taklif berildi va tibbiyotning nochor ahvoli haqida ko‘p gaplar bo‘ldi.

    Har o‘n ming aholiga 23 nafar shifokor to‘g‘ri keladigan O‘zbekistonda mahalliy tibbiyot xodimlarining ko‘nikmasini oshirishga e’tibor qaratilmayapti, ixtisoslashgan markaz va hududiy muassasa o‘rtasida vertikal tizim shakllanmagan. 20-30 foiz mablag‘ samarasiz sarflanyapti.

    Yig‘ilishda bularning barchasi tanqidiy tahlil etildi hamda sog‘liqni saqlash tizimini qayta ko‘rib chiqib, bu boradagi qamrovni kengaytirish, malaka oshirish kurslarini Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlarida tashkil etib, mutaxassislarga qulaylik yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yangi tayinlov

    2016-yildan beri Buxoro viloyatiga hokimlik qilib kelayotgan O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-fevral, juma kuni, shu haqdagi farmonni imzoladi.

    Hozirga qadar Buxoro shahriga hokimlik qilib kelgan Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Eski hokim O‘ktam Barnoyev lavozimidan hurmat bilan kuzatilgani aytildi.

    Umra ziyorati vaqtinchalik to‘xtatildi 

    Xitoy koronavirusi ziyoratchilarning ham yo‘lini to‘sdi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi 2020-yil 27-fevral kunidan dunyoning barcha mamlakatlari uchun Umra vizasi taqdim etishni vaqtincha to‘xtatganligini xabar qildi.

    Saudiya Arabistoni koronavirus tarqalishining oldini olishda birgina bu chora bilan cheklanmasdan, Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya, Italiya va Qozog‘iston fuqarolari uchun elektron sayyohlik vizalar berilishini to‘xtatib qo‘ydi.

    Kambag‘allik muammosi ochiq tan olindi

    Bu hafta “kambag‘allikni kamaytirish” iborasi trendga chiqdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident: “Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi?”, deya savol qo‘ydi.

    Senat raisi Tanzila Norboyeva mavzu yuzasidan “O‘zbekiston tarixida ilk bor mamlakatdagi kambag‘allik muammosi ochiq tan olindi. Hozirda 4-5 million aholi kambag‘allikda yashamoqda”, — deb fikr bildirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xo‘sh, kambag‘allik nima? Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’rificha, kuniga 1,90 AQSh dollaridan kam daromadga ega inson kambag‘al hisoblanadi. Bu bir oyda 550 ming so‘mga yaqin pul ishlovchilar kambag‘allar toifasiga mansub deganidir. Iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, O‘zbekiston dunyoning eng kambag‘al 30-40 mamlakatidan biridir.

    O‘zbekiston kambag‘allikni kamaytirish uchun qanday choralar ko‘radi? Buning uchun uzoq muddatli strategiya ishlab chiqilmoqda. Prezident ta’biri bilan aytganda “aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish” kabi o‘zgarishlar yasaladi. O‘zbekistonda Jahon banki, BMTning Rivojlanish dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturining ishlab chiqilishi aytildi.

    Bema’ni tashabbus

    Anchadan beri dayjestimizda qovun tushirgan mansabdorlar va be’mani tashabbuslar haqida yozmagandik. Jizzaxlik pedagoglar bizga yana ilhom bag‘ishladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchilar doskaga bir qator qilib chiqarilib, ularning sochi chizg‘ich bilan o‘lchanayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu maktabdagi tartib-qoida bo‘yicha o‘g‘il bolalarning sochi uzunligi 2-3 santimetrdan oshmasligi kerak ekan. Fotosuratlar darhol tarqalib, omma e’tirozi va istehzosini qo‘zg‘adi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Voqea, hatto, Ikkinchi jahon urushida natsistlarning asirlar yuzi proporsiyasini o‘lchab, millatini aniqlashiga qiyoslandi. Blogerlar oliy rahbariyat kichik farzandlarining o‘sgan sochda tushgan fotosuratlarini ulashib vaziyatni savol ostiga oldi. Holatga xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarish”, deya ta’rif berib, hech qaysi topshiriqda bolalarning sochini chizg‘ichda o‘lchab, rasmga olib, Telegram’da tarqatish kerak deb yozilmaganini eslatdi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    01.03.2020, 20:49   Izoh (0)   82748
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Yakkabog‘da fermer ishchisi ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urindi

    01.03.2020, 19:48

    O‘zbekistonda bahorning ilk kunlari qanday ob-havo bilan boshlanishi ma’lum qilindi

    01.03.2020, 14:48

    O‘zbekistonda 1-martdan boshlab nimalar o‘zgaradi?

    01.03.2020, 10:04

    Toshkentning Olmazor tumanida hovli yonib ketdi

    29.02.2020, 23:46

    Buxoro viloyatining sobiq hokimi Kogon tumaniga hokim etib tayinlandi

    29.02.2020, 23:13

    Piskentda marhumlarning millionlab pensiya pullarini “yeb yurgan” mas’ullar fosh etildi

    29.02.2020, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH boshlandi: qaysi jamoalar ishtirok etadi, o‘yinlar qayerda bo‘lib o‘tadi va mukofot puli qancha?

    Sport | 15 iyun, 16:58

    Buxoroda ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 16:47

    Eron raketa zarbalaridan Isroildagi turar joylar vayron bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 15 iyun, 15:41

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.