• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 1-martdan boshlab nimalar o‘zgaradi?

    Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali O‘zbekistonda 2020-yil 1-martdan boshlab kuchga kiradigan o‘zgarishlarni eslatib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Inkassatsiya xizmatlari uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi

    Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pullarining banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi bo‘yicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, ya’ni inkassatsiya xizmatlari ko‘rsatilishining tashabbuskori (xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki bank) tomonidan to‘lanadi.

    Qurilishning loyiha hujjatlariga o‘simliklarni salbiy ta’sirdan himoya qilishga oid majburiy talab kiritiladi

    Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablar kiritiladi:

    • o‘simlik dunyosi obyektlariga, ularning o‘sish muhitiga salbiy ta’sirning oldini olish, shuningdek, ularni bunday ta’sirdan himoya qilishni ta’minlaydigan choralar;
    • qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya choralari;
    • ko‘kalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish qoidalariga hamda shu sohadagi me’yorlarga muvofiq amalga oshirish.
    Qurilish sohasidagi ayrim xodimlar maoshi oshadi

    Budjet tizimidagi budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari kapital ta’mirlash obyektlarida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha talablar bekor qilinadi.

    Shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 1,4 barobarga oshiriladi.

    Limonzorlarni barpo etishning yangi tartibi joriy etiladi

    Unga ko‘ra, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi, hokimliklar, qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar) va mahsulot yetishtiruvchilar uchun alohida vazifalar belgilandi.

    Jumladan, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi yangi barpo etiladigan limonzorlar uchun standartlarni (ko‘chat navi va sifati, ekish sxemasi, issiqxonaga qo‘yiladigan talablar, resurs tejovchi texnologiyalar hamda boshqalar) belgilaydi, limonchilik tarmog‘ini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajriba va resurs tejovchi innovatsion texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi.

    Shuningdek, kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga:

    • yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 million so‘mdan oshmaydigan miqdori Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan;
    • limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport xarajatlarining 25 foizigacha bo‘lgan miqdori Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.
    Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

    Baholash yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.

    Baholash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori ko‘rsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi. Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

    Ayrim jihozlarning O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi

    Avval foydalanilgan, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgani 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.

    Yer ajratish haqidagi hujjatlar hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi

    Aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkaziladi.

    Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi.

    Ayrim hududlarda kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi

    Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida 2020-yil 1-martdan boshlab plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi.

    Bunda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

    Ipotekaning yangi tartibi bo‘yicha subsidiyaga arizalar DXM orqali beriladi

    Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasidagi subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.

    Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan 2,5 yilda ko‘pi bilan bir marta davomiyligi 5 kundan oshmagan tekshiruv o‘tkaziladigan bo‘ladi.

    Shuningdek, Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan yong‘in xavfliligiga ko‘ra obyektlar bo‘yicha quyidagi muddatlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi:

    • 1-guruhga kiradigan obyektlarda — 1 yilda ko‘pi bilan bir marta;
    • 2-guruhga kiradigan obyektlarda — 2 yilda ko‘pi bilan bir marta;
    • 3-guruhga kiradigan obyektlarda — 3 yilda ko‘pi bilan bir marta.
    “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri” onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchi ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt ko‘rinishida ishga tushiriladi.

    Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash me’yorlari asosida amalga oshiriladi.

    Jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuni kuchga kiradi.

    01.03.2020, 10:04   Izoh (0)   202583
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning Olmazor tumanida hovli yonib ketdi

    29.02.2020, 23:46

    Buxoro viloyatining sobiq hokimi Kogon tumaniga hokim etib tayinlandi

    29.02.2020, 23:13

    Piskentda marhumlarning millionlab pensiya pullarini “yeb yurgan” mas’ullar fosh etildi

    29.02.2020, 22:56

    O‘zbekiston hukumatining reglamentiga bosh vazirga daxldor o‘zgartirish kiritiladi

    29.02.2020, 22:45

    Olotga hokimligida fermerni urgan Sherali Salomov endi Qorako‘l tumanini boshqaradi

    29.02.2020, 22:23

    Samarqandda dekan o‘rinbosari 4000 dollar bilan ushlandi

    29.02.2020, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.