• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda na shaharga, na tumanga kiradigan “arosat-mahalla” bor. Yo‘llari loy, bolalari telefon yorug‘ida dars qiladi

    Qarshi shahrining shundoqqina biqinida yashovchi mahalla ahli elektr toki kuchlanishi pastligi, mahalladagi qo‘lbola simyog‘ochlar bolalar hayotiga xavf solishi hamda yo‘lning abgorligidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan mahalla ahli 10 yildirki na hokim, na prokuror, IIB boshlig‘i-yu, soliq rahbari ham mahalla taqdiri bilan qiziqmaganidan nolimoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Bir kuni mahallada janjal bo‘lib qoldi, Qarshi shahar IIBga qo‘ng‘iroq qilib, profilaktika inspektorini chaqirsak, inspektor mahalla boshiga kelib, ‘Bu mahalla shahar hududiga kirmaydi’, deya qaytib ketdi. Qarshi tuman IIB profilaktika inspektori ham mazkur mahalla tuman tarkibiga kirmaydi, shuning uchun, bu muammoga biz aralashmaymiz, deb ishni e’tiborsiz qoldirdi. 10 yildirki shunday arosatda yashayapmiz, — deydi aholi vakillaridan biri To‘ychi Do‘stqobilov. — Mahallamiz hujjatda Qarshi shahar hududiga kirishi yozilgan. Ammo mutasaddilar bizning shahar hududiga kirishimizni tan olishmaydi. Shu sabab ham mahallamizga 4 ta sektor rahbaridan birortasi kelmagan”.

    Farid Mutallipov

    Farid Mutallipov
    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahridan Shahrisabz tumaniga qarab yurishda yo‘l ustida joylashgan “Yangi hilol” mahallasi Beklar dahasida yashovchi aholi 10 yildan beri mahallada elektr toki uchun talabga javob beradigan ustunlar qo‘yilmaganini aytadi.

    Foto: “Daryo”

    “60 ta xo‘jalikka mo‘ljallangan transformatordan 180 dan ortiq xonadon foydalanamiz, elektr toki kuchlanishi juda past, — deydi Farid Mutallipov. — Qolaversa, yo‘l muammosi ham bor. Qor va yomg‘irli kunlarda yurib bo‘lmay qoladi”.

    Davron Ro‘ziyev

    Davron Ro‘ziyev
    Foto: “Daryo”

    “Transformator muammosi haqida Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullariga murojaat qildik, ammo ‘qilib beramiz’dan nariga o‘tishmayapti, — deydi Davron Ro‘ziyev. — Mahallamizdagi xonadonlarga kirib kelayotgan elektr simlarini ko‘rsangiz, qo‘rqib ketasiz. Shu darajada chalkash va qo‘rqinchli. Ammo mas’ullar bunga e’tibor ham bermayapti”.

    Foto: “Daryo”

    Mahalla ahlining ta’kidlashicha, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘tkazgan sayyor qabulda ushbu muammo haqida aytmoqchi bo‘lganlarni Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullari to‘xtatib, tez orada hal qilishini aytgan. Biroq qabuldan so‘ng muammoga e’tibor ham qaratilmagan.

    Foto: “Daryo”

    “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘iga ham, o‘rinbosariga ham muammomizni aytdik, mahalla ichkarisiga kirishda elektr sim uchun tayanch ustun yo‘qligini, aholi o‘rnatib qo‘ygan yog‘och ustunlar bolalar hayoti uchun xavfli ekanligini tushuntirdik. Shunday bo‘lsa-da, muammoga e’tibor yo‘q”, — deydi Bobonazar Murtazoyev.

    Aytilishicha, mahallada yashovchi maktab o‘quvchilari kechki payt telefon yorug‘ida dars tayyorlaydi.

    Nigora Hakimova

    Nigora Hakimova
    Foto: “Daryo”

    “Elektr toki pastligi sabab kechki payt dars tayyorlayotgan bolalarimizga telefon fonarini yoqib tutib turamiz, bolalarimiz telefon yorug‘ida dars tayyorlaydi, — deydi Nigora Hakimova. — Chunki ‘svet’ yorug‘i pastligi sabab dars tayyorlab bo‘lmaydi”.

    Foto: “Daryo”

    “Ayni kunda mahallamizning ichki ko‘chalaridan yurib ham bo‘lmaydi, boisi loy. Hatto mashina ham kirolmaydi. Maktab o‘quvchilari darsga borish uchun loyga botadi va o‘qituvchisidan gap eshitadi. Yo‘lga shag‘al to‘kuvchilar esa ichki yo‘llar qolib, mansabdorlar yashaydigan uylar yonini tekislaydi, — deydi aholi vakillari. — Mahallamiz Qarshi shahridagi ‘Otchopar’ mahallasiga kiradi deyilgan. O‘tgan yili ‘Otchopar’ mahallasi ‘Obod mahalla’ davlat dasturi bo‘yicha ta’mirlandi. Ammo bizga e’tibor ham berishmadi. Raisdan sababini so‘rasak, men sizlarga faqat ma’lumotnoma berish vazifasini bajaraman, bu masalalarga javobgar emasman, deydi”.

    Foto: “Daryo”

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, mahalladagi aksariyat yer uchastkalari chala qurilgan yoki umuman qurilish boshlanmagan holatda sotuvga qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo”

    “2009—2010-yillarda hokimlik tomonidan pala-partish berib yuborilgan yer uchastkalari qarovsiz holatda yotibdi. Yer egalari bu yerdan uy qurmaydi, yerni sotish maqsadida olgan, — deydi To‘ychi Do‘stqobilov. — Har o‘nta yer uchastkasidan to‘qqiztasi sotiladi. Yer sotib tadbirkorlik qilishyapti. Holbuki, ushbu hududdan yer so‘rab hokimlikka borgan odamga yer yo‘q degan javob beriladi. Biz yer uchastkasi sotilishiga qarshimasmiz, mayli, sotishsin. Ammo kimdir kelib yashasin shu yerda. Aholi ko‘paysa, mahalladagi shart-sharoit ham yaxshilanardi”.

    Foto: “Daryo”

    Mahalla ahlining ta’kidlashicha, mahallada 100 dan ortiq sotiladigan yer uchastkasi mavjud.

    Foto: “Daryo”

    “Yer kerakmas bo‘lsa, kerakli odamga berishsin. Uy-joy qurib yashayman degan muhtojga berishsin, — deydi mahalla ahli. — Mahallaning egasi yo‘q-da, bu yerdagi holat hech kimni qiziqtirmayapti. 10 yildan beri sotiladi deb yozib qo‘yilgan yerlarni zaxiraga qaytarib, auksion orqali muhtoj odamlarga sotishsin”.

    To‘ychi Do‘stqobilov

    To‘ychi Do‘stqobilov
    Foto: “Daryo”

    “55 yoshga kirdim, 10 yildan beri shu ahvolda yashayapmiz, — deydi To‘ychi Do‘stqobilov. — Qachon mahallamizga egalari ko‘chib keladi-yu, mahallamiz sharoiti yaxshilanadi deb o‘tib ketamizmi, qachon binoyidek yashaymiz?”

    10.02.2020, 19:54   Izoh (0)   34950
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2020-yili yosh oilalar uchun quriladigan uylarning boshlang‘ich badali davlat tomonidan to‘lab berilmasligi bildirildi

    10.02.2020, 19:39

    O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

    10.02.2020, 18:24

    “Ilhom” teatridan “Toshkentning umumiy manzarasini buzib turgan” binoni bo‘shatish so‘raldi. Teatr uchun bu “o‘limga teng” iltimos

    10.02.2020, 18:10

    Qashqadaryo va Surxondaryoda bodom gulladi

    10.02.2020, 17:56

    Ikki farzandini urib, jarayonni videoga olgan “toshbag‘ir ota” Chustdan topildi. U o‘zbekistonliklardan kechirim so‘radi

    10.02.2020, 17:44

    Andijon viloyati hokimi o‘rinbosariga tegishli ekanligi aytilayotgan behayo yozishma skrini tarqaldi. Hokimlik va prokuratura bayonot berdi

    10.02.2020, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda tez-tez kuzatilayotgan elektr uzilishlari bo‘yicha izoh berildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 11:05

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.