• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ilhom” teatridan “Toshkentning umumiy manzarasini buzib turgan” binoni bo‘shatish so‘raldi. Teatr uchun bu “o‘limga teng” iltimos

    Toshkentdagi Shodlik Palace mehmonxonasini xususiylashtirib olgan Ofelos Plaza kompaniyasi “Ilhom” teatridan aprel oxiriga qadar binoni bo‘shatib qo‘yishni so‘radi. Davlat tomonidan 1976-yilda teatr asoschisi marhum Mark Vaylga ajratib berilgan makonning yo‘qotilishi, jamoa fikricha, teatr uchun o‘lim hukmining o‘qilishi bilan teng.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ofelos Plaza kompaniyasining xatida ta’kidlanishicha, 2020-yilda Toshkentning Shayxontohur tuman hokimligi talabi bilan binoni to‘liq rekonstruksiya qilish ishlari boshlanadi. Bunga shahar markazida joylashgan yoqimsiz ko‘rinishdagi binoning tashqi qiyofasi poytaxtning umumiy manzarasini buzib turgani sabab qilib ko‘rsatilgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Shodlik Palace mehmonxonasi 1994-yilda xususiylashtirilgan. O‘sha vaqtdagi mehmonxona egasi teatr bilan avtomatik ravishda 10 yilga uzaytirish sharti bilan 2023-yilgacha ijara shartnomasi imzolagan. Teatr binodan beg‘araz asosda foydalanib kelayotgan edi. 2017-yilda sud mehmonxonani xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilgan va bino yana davlat ixtiyoriga qaytarib olingan edi.

    Binoning yangi egasi — Ofelos Plaza QK MChJ. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2019-yil 3-dekabrda ro‘yxatga olingan, ustav jamg‘armasi 1 milliard so‘mga teng. Faoliyat turi — turar joy bo‘lmagan binolarni ijaraga berish va boshqarish. Kompaniya rahbari — Albert Aradovskiy, muassislari — Ne’matullo Haydarov (75 foiz) va Olga Sharvina (25 foiz).

    “Mark Vaylning ‘Ilhom’ teatri, bu — tijoriy teatr emas. Buni barcha tomoshabinlar biladi va tushunadi. U davlatdan mablag‘ olmagan va olmaydi ham. Yangi bino sotib olish va unda teatrni qayta tiklash uchun teatrning hech qanday mablag‘ va imkoniyatlari yo‘q. Teatrning yo‘qotilishi faqatgina ‘Ilhom’ sahnalari uchun yaratilgan barcha spektakl repertuarlarining, jumladan, Mark Vaylning afsonaviy spektakllarining yo‘qotilishini ham anglatadi”, — deyiladi teatr jamoasi bayonotida.

    “Bugun ‘Ilhom’ butun dunyoga mashhur bo‘lgan zamonaviy san’at markazidir. U nafaqat teatrdagi insonlarga, balki musiqachilar, rassomlar, fotosuratchilar, xoreograflar, rejissorlarga ham hayot baxsh etmoqda, shahar madaniy muhitini barpo etib, uning aholisiga xizmat qilmoqda. Teatr san’ati studiyasiga noyob uslublarni o‘rganish uchun Yevropa va AQShdan talabalar keladi”, — deyiladi bayonotda.

    “Ha, bugun bino xususiy mulkdorlarning qo‘lida. Biroq u jamoatchilik tomonidan, jamiyat puliga barpo etilgan. Xuddi shu jamiyat 1976-yilda uni ‘Ilhom’ga taqdim etgan edi. Teatr O‘zbekiston tarixida qiyin kunlarni boshdan kechirdi. 2007-yilda Mark Vayl fojiali tarzda halok bo‘ldi. Biroq biz doim kelajakka umid va ishonch ko‘zi bilan boqdik”, — deya ta’kidlaydi teatr xodimlari.

    “Binoni navbatdagi mulkdorga berar ekan, hech kim noyob teatr taqdiri haqida o‘ylab ko‘rmadi. Bir necha yil muqaddam biz qurishni boshlagan yangi mamlakatda teatr uchun joy yo‘qligini tan olishdan qayg‘udamiz”, — deyiladi bayonotda.

    “Biz shaharliklar va rasmiylarni Toshkent o‘zining eng yaxshi teatrlaridan biridan shunchaki voz kechib yuboradigan darajada ma’naviy va madaniy jihatdan boymi, deb so‘rashni xohlardik. Yangi mehmonxona yoki biznes markazi bunday qurbonlikka arziydimi? Biz yo‘q deb hisoblaymiz. ‘Ilhom’ shahrimiz uchun kerak. ‘Ilhom’ teatri taqdirini hal etish va Toshkentga u kerakmi, degan savolga javob berish vaqti keldi”, — deydi jamoa.

    “Ilhom” O‘zbekiston hukumati, tomoshabinlar, jurnalistlar, diplomatlar va xalqaro hamjamiyatni teatrni saqlab qolishga chaqirgan. “Faqatgina sizning yordamingiz bilan buni ro‘yobga chiqara olamiz”, — deya ta’kidlanadi bayonotda.

    12-fevral kuni soat 15:00 da “Ilhom” teatrida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaga jurnalistlar, blogerlar va befarq bo‘lmagan fuqarolar taklif qilingan.

    10.02.2020, 18:10   Izoh (0)   45677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo va Surxondaryoda bodom gulladi

    10.02.2020, 17:56

    Ikki farzandini urib, jarayonni videoga olgan “toshbag‘ir ota” Chustdan topildi. U o‘zbekistonliklardan kechirim so‘radi

    10.02.2020, 17:44

    Andijon viloyati hokimi o‘rinbosariga tegishli ekanligi aytilayotgan behayo yozishma skrini tarqaldi. Hokimlik va prokuratura bayonot berdi

    10.02.2020, 17:11

    O‘zbekistonlik yigit 300 dan ortiq tibbiy niqoblarni Qirg‘izistondan noqonuniy olib chiqishga urindi

    10.02.2020, 16:56

    Navoiyda Lacetti va Nexia to‘qnashuvida haydovchi va 1 yoshli bola halok bo‘ldi

    10.02.2020, 16:41

    Qoraqalpog‘istonda metall seyfdan 30 mln so‘m o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

    10.02.2020, 16:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.