• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tashkent Trade Center” (“Abu Saxiy”) bozoridagi tadbirkorlar bilan yuzaga kelgan tortishuvga munosabat bildirdi

    “Korxonamizning asosiy maqsadi – bozorni xalqaro standart darajasiga olib chiqish, rivojlantirish, xaridorlar hamda tadbirkorlarga qulaylik yaratish”. “Tashkent Trade Center” (“Abu Saxiy”) bozoridagi tadbirkorlar bilan yuzaga kelgan tortishuvga munosabat bildirdi.

    Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent Trade Center” xususiy korxonasiga qarashli, xalq tilida “Mato bozori” deb ataluvchi, asosan mato sotishga mo‘ljallangan do‘konlarning egalari va sotuvchilarining bozor ma’muriyatidan noroziligi aks etgan xabarlar tarqalgan edi. Videoda bozor ma’muriyati do‘konlarni rekonstruksiya qilish bahonasida mulkni noqonuniy egallab olishga urinayotgani ko‘rsatilgandi.

    Bozor ma’muriyati masalaga oydinlik kiritish maqsadida do‘kon egalari hamda sotuvchilarning xohish va istaklarini o‘rganib chiqib, natijalari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

    2019-yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 1-blok hududida joylashgan savdo do‘konlarining yong‘inga qarshi holati o‘rganilib, yong‘in sodir bo‘lishiga sabab bo‘luvchi bir qancha kamchiliklar aniqlangan. Mazkur holatni oldini olish maqsadida, 1-blok hududida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish zaruriyati to‘g‘risida “Tashkent Trade Center”ga xulosa taqdim etgandi.

    Quyida Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomondan aniqlangan kamchiliklar keltirilgan:

    – savdo do‘konlarida mavjud bo‘lgan yong‘inni avtomatik ravishda sezish va xabar berish qurilmasining issiqlikka ishlovchi IP-103 rusumli sezgichlari yangi, ya’ni tutunni sezuvchi sezgichlarga almashtirilmagani;

    – ayrim tadbirkorlar tomonidan savdo do‘konlari ichida o‘zboshimchalik bilan qayta ta’mirlash ishlari o‘tkazilib, do‘konlar yonuvchi to‘siq devorlar bilan bo‘lingani;

    – savdo do‘konlarining yong‘inga bardoshliligi 2-darajadan past bo‘lmasligi talab etilsada, pavilyonda mavjud bo‘lgan 796-ta savdo do‘konlaridan 667 tasi yuk tashish uchun mo‘ljallangan konteynerlardan kurilganligi;

    – savdo do‘konlarining elektr ta’minoti yer osti uslubida o‘tkazilmasdan, tomdan, yonuvchi bog‘otlar orqali o‘tkazilib, simlarda avariya holatlari mavjudligi kabi yigirmaga yaqin kamchiliklar aniqlangan.

    Bu kabi kamchiliklar bartaraf etilmasa yong‘in sodir bo‘lishiga, uni keng maydonga tarqalishiga, ko‘p miqdorda moddiy zarar ko‘rlishi va insonlarni sog‘lig‘i va hayotiga xavf keltirishi kabi nohush hodislarga olib kelish ehtimoli yuqoriligi aytilgan.

    Shu sababli yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar bajarilgunga qadar 1-blok savdo do‘konlarini ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatish va qayta rekonstuksiya qilish masalalari ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.

    Yuqorida keltirilgan muammolar avvaldan korxonada doimiy faoliyat olib boruvchi “Yong‘in xavfsizligi bo‘limi” tomonidan ham 1996/1997-yillarda, 700 ga yaqin temir konteynerlardan 14-15 m2 hajmdagi barpo etilgan 1-blok hududidagi savdo do‘konlarini muntazam o‘rganishi mobaynida ta’kidlab o‘tilgan kamchiliklar o‘z tasdig‘ini topgan. Masalan, do‘konlar orasi va tom qismida matolardan chiqqan mayda iplar yig‘ilib qolgan. Matolarning 90 foizi sintetika, yonish xususiyati juda tez. Oddiy uchqun chiqib ketsa ham, yong‘inni to‘xtatish imkoniyati juda past bo‘ladi. Shuningdek, tom bilan do‘konlar orasi 50 santimetr bo‘lgani uchun yong‘in vaqtida u yerga kirish imkoni bo‘lmaydi.

    Bundan tashqari, yoz kunlari bozor hududida xarakatlanish juda qiyin. Bir tomondan havoning issib ketishi, yana bir tomondan do‘konlarga o‘rnatilgan sovutgichlarning issig‘i yo‘laklarga uradi. Umumiy sovutish va isitish tizimi yo‘q. Bular haqida tadbirokrlarga mutaxassislar bir necha marotaba tushuntirish bergan.

    Ushbu muammolarni hal qilish choralarini ko‘rish uchun masalani investorlar oldiga qo‘yilganida, ular “bo‘ldi, bizni asosiy maqsadimiz do‘kondorlarga xavfsizlikni to‘laligicha ta’minlab berish” degan javobni aytib, “Mato bozori”dagi do‘konlarni buzib, o‘rniga yangidan zamon talablariga to‘la javob beradigan majmua qurish topshirig‘i ham berilgan. Shu bilan birga, 1-blok hududini qayta qurib bitkazish ishlari rejalashtirilishi jarayonida, yangi barpo etilgan savdo majmuasining pastki qavatidan aynan 1-blok mulkdorlari, toki o‘zlarini do‘konlari o‘rniga yangi do‘kon qurib bitkazib, o‘zlariga qayta topshirgunga qadar (taxminan 1-1,5 yil muddatni o‘z ichiga oladi) vaqtincha foydalanib turishlari uchun 18-20 m2 hajmdagi do‘konlar qurildi. 1-blok hududini vaqtincha ko‘chirish ishlarida sig‘im yuzasidan muammo kelib chiqmasligi uchun mazkur do‘konlarni korxona tomonidan sotish yoki ijaraga berish ishlari umuman amalga oshirilmadi.

    Do‘kon egalari ham, “Mayli, do‘konlarimizni rekonstruksiya qilib, yana o‘zimizga o‘ringa-o‘rin berilsa rozimiz”, – degan fikrni aytgandi.

    Bir muddat avval, yangi, zamonaviy talablarga javob beradigan 700 ta do‘konni o‘z ichiga olgan majmuani qurib bitkazdik. Majuma yerto‘lasini avtomashinalar turargohi qilmoqchi edik. Biroq, “Mato bozor”ni rekonstruksiya qilishimizni o‘ylab, yer to‘lani do‘konlarga aylantirdik. Yer to‘la deganda, biz bilgan va hayolga keltiradigan “podval” emas, aksincha, barcha qulayliklarga ega — umumiy issitish va sovutish tizimi hamda boshqa sharoitlari mavjud bo‘lgan shinam do‘konlar joylashgan joy nazarda tutilmoqda. U yerda joylashgan do‘konlarning barchasida savdo qilish uchun qulayliklar yaratilgan. Keng va yorug‘, yuklarni tashish uchun qulay liftlar, eskalatorlar ishga tushirilgan. Ana shu yerto‘ladagi do‘konlardan “Mato bozor”da ishlayotgan tadbirkorlarga vaqtinchalik bermoqchi bo‘ldik. Yangi majmua ishga tushgandan so‘ng, qaysi tadbirkor qaysi qatorda va qaysi joyda savdo qilayotgan bo‘lsa o‘sha joydan do‘kon ajratishni taklif qildik.

    Korxona ma’muriyati 1-blokdagi “konteyner do‘konlar”ning ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, ularni qayta rekonstruksiya qilish masalalarini ko‘rib chiqayotgani va tegishli takliflar o‘rganilayotganligi haqida mulkdorlarni oldindan ogohlantirildi.

    Keyinchalik “Mato bozor”idagi mulkdorlarga bu taklifni aytganimizda negadir ular yer to‘ladagi do‘konlarga vaqtincha ko‘chib o‘tishni istashmadi. Tadbirkorlardan nima uchun bunga rozi bo‘lmayotganligini so‘raganimizda turlicha izoh berishdi. Masalan, do‘konlarni bosqichma-bosqich qurishni, ya’ni avval 10 ta do‘konni qurib bitkazib, keyin qolganlariga o‘tishni taklif qilishdi. Lekin buning iloji yo‘q, sababi majmuani bitta bino qurilishi aniq bir tizim asosida quriladi. Bu ko‘pchilikka ma’lum.

    Yana bir takliflardan biri: yerto‘ladagi do‘konlarni ham, o‘zlarining eski joylarini ham bir yil davomida foydalanib turishga berish va bu orqali xaridorlarni yangi joyga o‘rgatish bo‘ldi. Bundan tashqari, mulkdorlardan boshqa ko‘plab takliflar tushdi. Hozirda biz bu takliflarni o‘rganib chiqmoqdamiz.

    “Mato bozor”ni qayta qurib bitkazish uchun bir yil vaqt ketishini hisobga olib ular bilan shartnoma imzolamoqchi edik. Biz ularni “bunga qo‘l yo‘q”, deb majburlamoqchi emasmiz, albatta. Birinchi galda ularga shartnomani beramiz, istalgan huquqshunos bilan maslahat qilib olishlari mumkin. Shartnomadan agar biror bandini olib tashlash yoki o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lishsa, buni ham birgalikda o‘ylab ko‘rib – kelishamiz. Agar bizni ham qo‘limizdan keladigan ish bo‘lsa, ikki tomonlama qo‘l qo‘yamiz.

    Shuni ta’kidlash joizki, korxona tomonidan ilgari surilgan 1-blokni rekonstruksiya kilish ishlari aynan bozor hududida olib borilayotgan kurilish ishlari doirasida bir yo‘la amalga oshirilishini istagan edik. Chunki, ma’lumki, kurilish uchun jalb etiladigan korxonamizga tegishli maxsus texnika va anjomlarni safarbar etish qulay imkoniyat edi. Endilikda esa, investor kompaniyamiz tomonidan Toshkent shahri hamda viloyatlarda bir qancha qurilish loyihalari amalga oshirilayotganligini hisobga olgan holda, mazkur qurilish texnikalarini ushbu yo‘nalishlarga jalb etdik. Bundan aytish mumkinki, 1-blok tadbirkorlari, biz tomondan taqdim etilgan takliflarga norozi munosabat bildirishgan ekan, biz ularni fikrlarini so‘zsiz qo‘llab quvvatlaymiz va erkin savdo faoliyatini olib borishlari tarafdorimiz. Xulosa o‘rnida, shuni aytish mumkinki, 1-savdo blokini buzish rejasini to‘xtatdik!

     

    Hamma tadbirkorlarga ishlash uchun hamisha ochiqmiz. Qanday takliflari bo‘lsa, bajonidil eshitishga, madaniyat bilan gaplashib bir to‘xtamga kelish tarafdorimiz. Bizning asosiy maqsadimiz – bozorni rivojlantirish, xaridorlarga va sotuvchilarga qulaylik yaratish.

    “Tashkent trade center“ xususiy korxonasi rasman shuni ma’lum qiladiki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Tadbirokrlar uchun qanday holatda erkin savdo qilish qulay bo‘lsa, shu sharoitni yaratib berishga tayyormiz.

     

    Reklama huquqi asosida.

    06.02.2020, 10:30   Izoh (0)   23844
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoydan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi

    06.02.2020, 10:18

    O‘zbekistonda aholining mobil aloqa bilan qamrovi 96 foizga yetdi

    06.02.2020, 08:59

    Farg‘onada maxsus radarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi

    06.02.2020, 08:43

    O‘zbekistonda aholining xarid qobiliyati pasaygani qayd etildi

    06.02.2020, 07:42

    O‘zbekistonda hukumat qarori bilan talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy qilindi

    06.02.2020, 06:57

    YPX inspektoriga 1 mln so‘m pora bergan farg‘onalik haydovchi ushlandi

    06.02.2020, 06:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.