O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumatning 59-son qarori (2020-yil 31-yanvar) qabul qilinganini xabar qildi.
Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-fevraldan boshlab, talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi.
Vazirlik yangi tartibning qanday tuzib chiqilgani va unda qaysi jihatlarga e’tibor qaratilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.
Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev 31-yanvarda qabul qilingan qaror haqida 5-fevralga kelibgina rasmiy xabar berilgani va unda qo‘shimcha ma’lumotlar, jumladan talabalarga stipendiya berish haqidagi qarorning Lex.uz qonun hujjatlari portaliga ham hanuzgacha joylashtirilmaganiga e’tibor qaratgan.
Mavzuga doir:
- “Talabalarga faqat rag‘batlantirish pulini beramiz”. Vazir o‘rinbosari stipendiya masalasiga munosabat bildirdi
- O‘zbekistonda a’lochi va yaxshi o‘qiydigan talabalar bilan stipendiya puli qayta hisob-kitob qilinadi
- O‘zbekistonda talabalarga “beshlik” va “to‘rtlik” stipendiya berish qayta yo‘lga qo‘yiladi
Izoh (0)