Avstraliyada yashovchi ayol biskvit yeyish bo‘yicha musobaqa vaqtida vafot etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Baxtsiz hodisa Avstraliya kuni nishonlanayotgan Xervi-Bey shahrida yuz berdi. Ushbu tantanada ovqat yeyish bo‘yicha musobaqa o‘tkazish an’anaga aylangan.
Qayd etilishicha, navbatdagi porsiyani yeb bo‘lganidan keyin 60 yoshli ayolning tobi qochgan. Uni zudlik bilan shifoxonaga olib ketishgan, lekin ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Mahalliy politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Izoh (0)