Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi tibbiyot muassasalarida shifokorlarga ish vaqtida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlandi, deb xabar berdi “Xronika Turkmenistana”.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, shifoxona xodimlari telefonlarini uylarida qoldirishi yoki ish vaqtida bosh shifokorga topshirishi kerak.

Nima sababdan bunday taqiq qo‘yilganiga oydinlik kiritilmagan.

Nashrda taxmin qilinishicha, ushbu taqiq mamlakat hukumati tomonidan aholining internetga kirishi va yangiliklardan xabardor bo‘lishini nazorat qilish va cheklashni kuchaytirish fonida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Turkmanistonda maktab o‘quvchilariga mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan edi. Shuningdek, o‘qituvchilar ham telefonini dars vaqtida o‘chirib yoki ovozsiz rejimga qo‘yishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari