• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari yuristi: “YeOIIga qo‘shilish o‘zbekistonliklar uchun ko‘proq salbiy tarafdan kuchli ta’sir qiladi”

    Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga huquqiy yordam berish bilan shug‘ullanib kelayotgan asli o‘zbekistonlik huquqshunos Valentina Chupik O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasiga doir fikrlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

    Skrinshot: YouTube

    Skrinshot: YouTube

    Chupik O‘zbekistonning ittifoqqa qo‘shilishi o‘zbekistonlik migrantlarga qanchalik ta’sir qilishi haqida fikrlarini bildirgan.

    Bu juda ham kuchli ta’sir qiladi. Ko‘proq salbiy tarafdan. Bunga misol qilib qirg‘iz migrantlarini aytishim mumkin. Qirg‘iz migrantlarini hibsga olish bo‘yicha murojaatlar o‘zbek migrantlarinikiga qaraganda ikki baravar ko‘p. Aslida Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar soni qirg‘iz migrantlariga qaraganda 6 baravar ko‘p.

    Qirg‘iz migrantlarini hibsga olish qay darajada to‘g‘ri? Bu borada Sergiyenkoning (Moskva migratsiya masalalari bo‘yicha boshqarma rahbari, politsiya polkovnigi Dmitriy Vladimirovich Sergiyenko — tahr.) patent to‘lovchi fuqarolarni davlatdan chiqarib yubormaslik haqida maxsus buyrug‘i mavjud. Qirg‘iziston fuqarolari patent to‘lashmaydi, chunki ular Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi fuqarolari hisoblanadi.

    Demak, shu bilan birga ular boshqalardan ko‘ra himoyasiz va ularning har qanday huquqbuzarliklari davlatdan chetlashtirilish bilan tugashi mumkin. Bu haqida politsiyadagilar ham yaxshi biladi. Shuning uchun aynan qirg‘iz migrantlarini ko‘proq ushlashadi. Chunki ulardan pul undirish osonroq.

    Ha, ular har oy 5 ming rubl patent to‘lashmaydi. Lekin politsiya xodimlari ulardan oyiga 1,5-2 baravar ko‘proq pul undirishadi. Chunki ularni haftada o‘rtacha ikki marta ushlashadi. Bizning migrantlarni esa ikki haftada o‘rtacha bir marta ushlashlari mumkin.

    Bundan tashqari, bizning migrantlar bilan solishtirganda qirg‘iz migrantlarining rasmiy ishga joylashish imkoniyatlari pastroq hisoblanadi. Ish beruvchi ham ahmoq emas, ko‘p soliq to‘lagandan ko‘ra kamroq soliq to‘lash foydaliligini tushunadi.

    Qirg‘izistonlik migrantlarni ishga olgandan keyin jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ini to‘liq to‘lash kerak bo‘ladi. Patent bilan ishlovchi muhojirlarga esa bunday soliq to‘lash shart bo‘lmaydi. Qolaversa, ularga ijtimoiy to‘lovlar va majburiy tibbiy sug‘urta to‘lovlari ham shart emas.

    Bu shuni anglatadiki, patent to‘lab ishlovchi migrantlarni ishlatish ish beruvchiga taxminan 20 foizga arzon tushadi. Shu sababli Qirg‘iziston fuqarolari soxta mehnat shartnomalarini sotib olishga majbur bo‘lishmoqda va bu shartnoma bo‘yicha hech qanday to‘lovlar ushlab qolinmaydi. Buni tekshirish juda ham oson. Agar mehnat shartnomasining soxtaligi isbotlansa, shartnoma, migratsiya hisobi bekor qilinadi va migrant davlatdan chiqarib yuboriladi. Bunday vaziyatga bizning migrantlar ham tushishi mumkin, agar ular Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi fuqarolariga aylanishsa.

    Shuni bilamanki, Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirganidan keyin narxlar keskin ko‘tarildi. Shuningdek, Qirg‘iziston ittifoqiga kirishi bilan sanoat sohasi ham yo‘q bo‘lib ketdi. Ularning tikuvchilik korxonalari mahsulotlarini Rossiyada sotish orzulari, afsuski, amalga oshmadi.

    Ha, ular savdo-sotiq bilan shug‘ullanishmoqda, lekin Rossiyaning tikuv mahsulotlarini sotishmoqda. Kirib kelayotgan soliq va tushumlar Qirg‘iziston budjetiga emas, balki Rossiya iqtisodiga foyda olib kelmoqda. Ishchilar o‘sha-o‘sha Qirg‘iziston ishchilari.

    Valentina Chupik, huquqshunos

    Shuningdek, Chupik Rossiyada o‘zbek migrantlari uchrayotgan asosiy muammolar haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

    “Asosiy muammo — ishchilarni noqonuniy hibsga olish va ulardan pul undirish. O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi o‘zbek migrantlarining ahvolini yaxshilamaydi. Yuqorida aytganimdek, faqat yomonlashishi mumkin. Chunki hujjat tayyorlashda hozirgidek tartib bo‘lmaydi.

    Ikkinchi jiddiy muammo — davlatdan chiqarib yuborish masalasi. Menga murojaat qilganlarning 40 foizi qirg‘iz fuqarolari. Ularning 10 foizi Rossiyada. Rasmiy statistika bo‘yicha 10 foiz, lekin amalda bundan to‘rt baravar ortiq miqdor. Bu ham YEOIIga kirishning oqibati hisoblanadi.

    Migrantlar uchraydigan uchinchi muammo — oylikni ololmaslik masalasidir. Qirg‘izlarda esa bu muammo ham o‘ta sezilarli darajada ko‘p, chunki ular bilan shartnoma tuzishda hujjat tayyorlanmaydi, ularni majburlay olmaysan ham. O‘zbeklarda bunday muammo kamroq”, — deydi Chupik.

    “O‘zbekiston hukumatining o‘zbek migrantlariga yordami sezilyaptimi?”, — degan savolga huquqshunos quyidagicha javob qaytargan:

    “Hozirda tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik ishlay boshladi. Ularga rahmat aytamiz, ammo bu agentlik rahbarining shaxsiy tashabbusi bo‘lib qolishidan qo‘rqaman. Bu vaziyat u yerda ishlayotgan insonlarning shaxsiga bog‘liq bo‘lib qolishidan juda qo‘rqaman. Bu hali tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilmagan. Lekin ularga minnatdorchiligimni bildiraman. Ko‘p yillardan buyon birinchi marta qo‘llab-quvvatlashni his qildim. Oldinlari yolg‘iz kurashishga majbur edim. Hozirda umid bor. Lekin men istardimki, bu bir tizim tarzida yo‘lga qo‘yilsin. Ya’ni fuqarolarni himoya qilish tizimi.

    Nafaqat tashqi mehnat agentligiga, balki O‘zbekiston elchixonasiga ham fuqarolarimizning himoya qilinishi to‘g‘ridan to‘g‘ri majburiyat tarzida yuklatilishi kerak. Vena konvensiyasida davlat o‘zining har bir fuqarosini himoya qilishi majburiyligi qayd etilgan. Elchixona turli tadbirlarga emas, aynan shu muammoga e’tibor qaratishini xohlardim.

    Har bir migrantda muammo bir xil, patent bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar politsiyachilar ulardan pul undiradi. Keyin davlatdan chetlatishadi. Chetlatishlarning yarmi isbotli bo‘lsa-da, ko‘p qismi noqonuniy, asossiz amalga oshiriladi.

    Rossiyadagi ish beruvchilar oylik bergandan ko‘ra huquqni himoya qilish organlariga pora berishni afzal hisoblashgani sababli oylik to‘lamaslik holatlari yuz beradi. Masalan, ular huquqni himoya qilish organi xodimlariga pora berib ularni chaqirishadi, keyin ular ishchilarni hujjati joyida emaslikda ayblab, ularni deportatsiya qildirishlari ham mumkin. Bu holat Rossiya qonunlariga to‘g‘ri kelmaydi. Davlat xizmatchilari esa qonunga bo‘ysunishni majburiy deb bilishmaydi. Hatto ularni hukumat qo‘llab-quvvatlashi ham mumkin. Hayot shunaqa.

    O‘zbekistonda meni ko‘zim ko‘k bo‘lgani sababli to‘xtatishlarini umuman tasavvur qila olmayman. Lekin bu yerda ko‘zing ko‘k bo‘lmagani uchun seni to‘xtatishadi. Rossiya bilan taqqoslaganda O‘zbekiston qonunga amal qiladigan davlat. Rossiya millatchiroq davlat hisoblanadi”.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston TIV birinchi o‘rinbosari: “Men YeOII faoliyatida qatnashishimiz tarafdoriman”
    • Jamshid Qo‘chqorov: “Agar foydali bo‘lsa, YeOIIga kiramiz”
    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorlik munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tib, xalq vakillari nima desa shu bo‘lishini ma’lum qilgandi.

    27.01.2020, 10:04   Izoh (0)   42365
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mahalliy parvozlarni “kukuruznik”larda amalga oshirishning foydali va zararli jihatlari haqida ma‘lumot berildi

    27.01.2020, 08:35

    Andijonda poyezd temiryo‘lda to‘xtab qolgan traktorni urib ketdi (video)

    27.01.2020, 07:56

    Toshkentda “hokim topshirig‘i bilan” qoida buzgan Crafers haydovchisi ishdan haydaldi (video)

    27.01.2020, 07:36

    “Bu — mening xatoyim bo‘lgan”. Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev Oqqo‘rg‘ondagi ariq voqeasi bo‘yicha ilk bor izoh berdi

    27.01.2020, 07:10

    IIV Nazarbekda yongan elektrovoz bo‘yicha ma’lumot berdi

    26.01.2020, 23:56

    MIB Namanganda 100 dan ortiq ehtiyojmand oilaning qarzdorligi yechilishiga ko‘maklashdi

    26.01.2020, 22:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.