• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu — mening xatoyim bo‘lgan”. Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev Oqqo‘rg‘ondagi ariq voqeasi bo‘yicha ilk bor izoh berdi

    Qashqaradyo viloyati hokimi Zoir Mirzayev bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning “Aytingchi...” loyihasiga bergan intervyusida Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida olti erkakni bug‘doyni o‘z vaqtida sug‘ormagani uchun ariqqa tushirgani hodisasiga ilk bor izoh berdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    2018-yilning oktabrida internetda olti erkakning boshini quyi tushirgan holda ariqda turgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi. Biroz o‘tib yana olti erkakning qo‘llarida yirik kesak ko‘targan holda dala o‘rtasida turgani tasvirlangan boshqa rasm paydo bo‘ldi. Bular ortidan Zoir Mirzayev iste’foga chiqarilgan edi.

    Foto: <ex>Telegram</ex>

    Foto: Telegram

    Prezidentning o‘sha oydagi farmoni bilan u bosh vazir o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. Bosh vazir Abdulla Aripov hodisaga izoh berar ekan, vaziyatni “sharmandali” deb atagan edi.

    Ko‘p o‘tmay, noyabr oyida Zoir Mirzayevning Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumaniga hokim etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi. 2019-yil oktabrida — Oqqo‘rg‘ondagi voqeadan bir yil o‘tib — Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyatiga rahbar bo‘ldi.

    “Rahbar hamma narsaga tayyor bo‘lishi kerak, siz amalni bugun oldingiz, ertaga uni qanday olgan bo‘lsangiz o‘shanday qilib topshirib ketishga tayyor turishimiz kerak. Bu hayot taqozosi. Ikkinchi tarafi borki, o‘shanday payti siz suyanadigan bitta narsa bor — oilangiz bor. Agar siz shunday holatda oilaning yetakchisi bo‘lib turib yoki shu holatga tushgan inson bo‘lib turib ‘tragediya’ qilib tashlasangiz, o‘zingizga nisbatan, yo eshikni qulflaysan, yotaman, hech kimni kiritma, deb tashlasangiz, bilingki ularga 10 karra og‘ir. U paytda siz o‘zingizni tutishingiz kerak, siz o‘sha narsani yengib, kayfiyatingizni ko‘rsatib, nima bilandir mashg‘ul bo‘lib, o‘sha narsani yengish kerak”, — dedi Zoir Mirzayev iste’foga chiqarilgan ilk kunlaridagi hissiyotlari haqida.

    “Men, masalan — o‘shanda o‘zim bekor qolgan davrim ko‘p emas, 12 kun bo‘lgan — 12 kunning ichida, menda har doim xonamda kitob turardi, Marsel Brionning ‘Menkim, Sohibqiron — jahongir Temur’ kitobini uch yil o‘qiy olmaganman. Kelaman, bir varaq o‘qiyman, yopib qo‘yaman. Kabinetda turardi… Lekin o‘qiy olmaganman. Lekin o‘sha kitobni to‘qqiz kunda o‘qib tugatdim”, — dedi Zoir Mirzayev.

    O‘sha vaqti holimizni so‘ragan eng yaqin rahbarlarimiz ham bo‘lgan, bu narsani boshdan o‘tkazgan odam biladi, dedi u. “Men bugun ham amaldan ketadigan bo‘lsam, kim men bilan gaplashmay qo‘yadi, yoki mening ahvolimni so‘ramay qo‘yadi, desangiz, menda balki ro‘yxat yo‘qdir, lekin kutadigan odamlarim bor, kutmaydigan odamlar bor. Men ularning ko‘pidan kutmaganman ham”, — dedi bosh vazirning sobiq o‘rinbosari.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, u katta xulosa chiqargan va yo‘l qo‘ygan xatolar uchun javob berish kerakligini tushunib yetgan.

    “Hech kim xatodan holi emas… Keling, bir narsani aytay, vaqt kerak bo‘lar, balkim bir yil o‘tar, ko‘proq vaqt o‘tar, bu narsaning tagi, negizi nima bo‘lganini butun xalqimiz biladi. Men, albatta, yana aytaman, bu — mening xatoyim bo‘lgan. Zamonni o‘zgarganini hazm qila olmaganim. Zamonga moslasha olmaganim. Sababi, yuqorida aytdimku, ochiqlik… Bu narsani hamma ham hazm qila olmaydi”, — dedi viloyat rahbari.

    O‘z navbatida, Zoir Mirzayev rahbarlar har doim to‘laqonli nishonda ekanini ta’kidlab o‘tdi.

    “O‘sha kuni ko‘pchilik: ‘Sen xatoga yo‘l qo‘yding, bu nima o‘zi?’, deb meni izlasa ham bo‘lar edi-ku. Hech kim meni izlamadi o‘sha kuni. Hattoki imkoniyat ham bo‘lmadi. Yana aytaman, demak, shu vaqtgacha shu to‘g‘risida gapirmadim, bugun birinchi marta gapirayapman. Haqiqiy negizini, hali xolisona eshitamiz ham, ko‘ramiz ham. Bu narsa, Xudo xohlasa ko‘riladi. Bunchalik darajada o‘zingiz qatori yurgan xalqni haqorat qilish uchun, xalqni kamsitish uchun odamda yurak bo‘lishi kerak emas. Odam, qandaydir ma’noda boshqacha odam bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Biz unday tarbiya ko‘rmaganmiz. Men, masalan, meni ishga o‘rgatgan insonlar, meni tarbiyalagan insonlarning hammasi — mening domlalarim, o‘qituvchilarim, hammasi, baqir-chaqir, boshqa… Unday narsa bo‘lmagan. Demak ayb, xato, nuqtai nazaridan, yana aytaman, bu shaxsan o‘zimning kamchiligim. Men o‘shanda nima bo‘lgan bo‘lsa, o‘zim loqaydlik qilganman. Hayot bir tekis emas, hamma narsa kurashdan iborat. Albatta, lavozim bor ekan, mansab bor ekan, talash bo‘ladi”, — dedi u.

    Vaziyatdan chiqargan yana bir xulosa sifatida, Zoir Mirzayev: “Siz muloqot qilayotgan har qanday odamning g‘ururi, nafsoniyati bor. Uni toptashga hech kimning haqqi yo‘q. Qo‘llab-quvvatlaydigan insonlarning kuchi bilan, kechirimli bo‘lgan rahbarlarimizning sharofati bilan shu joylarda o‘tiribmiz. Men ming marta shukur qilamanki, bugun ishlayapman mana shu joyda. Mana shunday zabardast, bag‘rikeng, bor narsani borligicha qabul qila oladigan Qashqadaryo xalqi bilan ishlash nasib qilgan ekan, men bundan faqatgina faxrlanishim kerak. Xudoga ming marta shukur qilishim kerakki, mana shunday joylarda ishlash nasib qildi”, — dedi.

    27.01.2020, 07:10   Izoh (0)   76488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV Nazarbekda yongan elektrovoz bo‘yicha ma’lumot berdi

    26.01.2020, 23:56

    MIB Namanganda 100 dan ortiq ehtiyojmand oilaning qarzdorligi yechilishiga ko‘maklashdi

    26.01.2020, 22:26

    Qashqadaryoda mol o‘g‘riligida gumon qilingan erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

    26.01.2020, 21:20

    TIV Xitoyda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

    26.01.2020, 20:50

    Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilib, aeroportning o‘zida jiddiy tekshirilmoqda

    26.01.2020, 18:17

    Sirdaryoda qo‘lga olingan fohisha IIB xodimiga pora berishga urindi

    26.01.2020, 16:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.