Rossiya prezidenti Vladimir Putin federatsiya kengashiga Tergov qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Igor Krasnovning nomzodini bosh prokuror lavozimiga ilgari surdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Hozirda bosh prokuror lavozimida Yuriy Chayka faoliyat yuritmoqda.
Qayd etilishicha, Chayka boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimni tark etadi. Senatorlar ushbu taklifni 22-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ko‘rib chiqadi.
Yuriy Chayka 68 yoshda, u 2006-yil iyun oyida Rossiya bosh prokurori lavozimini egallagan edi.
Izoh (0)