Qamchiq dovonidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois, 21-dekabr kuni avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahriga avtotransportda yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarni Pop stansiyasiga yetkazib qo‘yish hamda Toshkent shahriga olib kelish uchun vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Xabar berishlaricha, “Toshkent—Angren—Orzu—Pop—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd 21-dekabr kuni soat 11:30 da Toshkent Janubiy vokzalidan jo‘natilgan.
Izoh (0)