Farg‘onalik T.M. Damas avtomashinasini Mingdonobod qishlog‘i hududida boshqarib borayotib, rulda uxlab qolgan. Oqibatda mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, fuqaro E.G. boshqaruvidagi boshqa Damas’ga urilgan.
“Postda.uz”ning yozishicha, ikkinchi Damas haydovchisi E.G. hodisa joyida halok bo‘lgan. Damas’lardagi yo‘lovchilar (ularning soni aytilmagan) turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)