“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan Qamchiq dovoni yo‘nalishidan foydalanadigan barcha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 21-dekabr kuni yana bitta qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
62/61-sonli “Toshkent—Qo‘qon—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan qo‘shimcha poyezd 21-dekabr kuni soat 22:40 da Toshkent Janubiy vokzalidan jo‘nab, 22-dekabrga o‘tar kechasi soat 03:17 da Qo‘qon vokzaliga yetib boradi.
22-dekabr kuni tonggi soat 04:05 da esa mazkur poyezd “Qo‘qon—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadi va shu kuni soat 08:55 da Toshkent Janubiy vokzaliga kirib keladi.
Qayd etishlaricha, ushbu qo‘shimcha poyezdlar “Toshkent—Andijon—Toshkent” yo‘nalishidagi mavjud yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga ta’sir etmaydi. Avvalroq “Toshkent—Angren—Orzu—Pop—Toshkent” yo‘nalishida vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)