• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Inqiroz tufayli 12 ta mamlakatga bo‘lib berilgan Yevro—2020. Bu qanday sodir bo‘lgandi?

    UEFA tashkiloti 2012-yilning 6-dekabrida Yevropa chempionatining yubiley musobaqasi (2020-yilda ilk musobaqa o‘tkazilganiga 60 yil to‘ladi) mintaqaning bir nechta mamlakatida o‘tkazilishini ma’lum qildi. “Bitta mamlakatda bayram uyushtirgandan ko‘ra, 2020-yilda Yevropada tarixdagi eng katta tantana tashkil etiladi”, — degandi o‘sha vaqtda UEFA bosh kotibi lavozimida ishlaydigan Janni Infantino.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Yevro—2020 mezbonligiga faqat Turkiya tomonidan jiddiy qiziqish bor edi

    UEFAning o‘sha vaqtdagi rahbari Mishel Platini mazkur musobaqa butun Yevropa bo‘ylab o‘tkazilishini Polsha va Ukrainada o‘tgan Yevro—2012 finalidan oldin aytgandi. “Bu g‘oya menga yoqmoqda. Moliyaviy jihatdan oson bo‘ladi. Londondan Kardiffga yetib borgandan, Parij yoki Berlinga yo‘l olish qulayroq. Bu qabul qilishimiz kerak bo‘lgan siyosiy qaror. Shunda stadion yoki aeroport qurishga to‘g‘ri kelmaydi. Moliyaviy inqiroz vaqtida juda qo‘l kelishi mumkin”. Ushbu g‘oya Yevro—2012 musobaqasida yuzaga kelgan ba’zi tashkiliy masalalardagi muammolar fonida muhokama qilinar edi. O‘sha vaqtda noqulay logistika tufayli ba’zan stadiondagi ayrim joylar bo‘sh qolib ketgandi.

    Barchasi yarim yil ichida hal etildi — garchi bunga harakat Platini e’lon qilgan kundan ancha oldin boshlangan bo‘lsa-da. Platini moliyaviy inqiroz haqida bekorga gapirmagan edi, aynan mana shu jihat formatning keskin o‘zgartirilishiga sabab bo‘ldi. 2010-yilda Yevropada qarzlar tufayli inqiroz yuzaga keldi, bu esa Yevroittifoqdagi barcha mamlakatlarga ta’sir o‘tkazdi. 2020-yilgi musobaqani o‘zida o‘tkazishga 100% tayyor mamlakat faqat Turkiya edi. Qolgan da’vogarlar esa faqat mezbonlik qilish borasida qiziqish bildirgandi, xolos (masalan, Uels, Shotladiya va Irladiyaning birgalikdagi arizasi).

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Biroq Turkiyada ham o‘ziga xos muammo bor edi: Istanbul parallel ravishda Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun ham o‘z nomzodini qo‘ygandi, bu o‘z navbatida kutishni talab qilardi. Platini esa vaqtni behuda sarflashni umuman istamasdi: “Biz Turkiya Olimpiada mezbonligi masalasida javob olishini kutib turmoqchi emasmiz. Bu bizga muammo tug‘diradi. Bizda boshqa da’vogarlar ham bor. Ularning har birida Yevroni o‘tkazishga imkoniyat bor”. U barchasini birma-bir tushuntirdi: “Men Turkiyani tanlashimni aytgandim, biroq turklar Olimpiadani tanladi. Ular Olimpiya o‘yinlarini istayotgan vaqtda u yerda Yevroni o‘tkazib bo‘lmasdi”. Oxir oqibat Turkiya na Yevroga ega bo‘ldi, na Olimpiadaga.

    Kaddafi shunday tizimdagi Jahon Chempionatini Afrikada o‘tkazmoqchi bo‘lgandi

    Umuman olganda bu yangi g‘oya emas edi — Platini uni “Arab bahori” vaqtida vafot etgan Liviya sobiq yetakchisidan olgandi. Muammar Kaddafi o‘zining g‘oyalarini butun Afrikaga yoymoqchi bo‘lgan: u bir necha bor Birlashgan Afrika shtatlari tuzishni va mintaqani birlashtirishni taklif qilgandi. Kaddafi shuningdek, futbolni ham juda yoqtirardi — uning o‘g‘li Italiyada o‘ynar, o‘zi esa Afrika hududida qandaydir musobaqa tashkil etishni istardi. U hatto Jahon Chempionati mezbonligi navbati Afrikaga kelib qolganidan foydalanib, JCh—2010 musobaqasini bir nechta mamlakatda o‘tkazishni xohlagandi.

    Ammo o‘sha vaqtda uni hech kim qo‘llab-quvvatlamadi, natijada musobaqa JARda bo‘lib o‘tdi. Qizig‘i shundaki, o‘sha vaqtdagi UEFA va FIFA prezidentlari Mishel Platini hamda Zepp Blatterning bu boradagi gaplari bir-biridan farq qiladi.

    Foto: “Sports.ru”

    Foto: “Sports.ru”

    Platini shunday degandi: “Men FIFA prezidentidan tabrik qabul qilib oldim, u mazkur qarorni qoyilmaqom deb atadi. Va bir necha yil avval kimdir Afrika Millatlar Kubogida shunga o‘xshash g‘oyani qo‘llamoqchi bo‘lganini ta’kidladi. Bu inson Kaddafi edi”.

    Blatter esa Platinining bu gaplaridan bir yil o‘tib butkul boshqacha fikr bildirdi: “Musobaqa bitta mamlakatda o‘tkazilishi kerak. Faqat shu orqali xursandchilik va bir xillik xosil qilish mumkin. 2020-yilgi musobaqa boy berildi, bu endi Yevro emas. Unga qalb va yurak yetishmaydi. Buni nima deb nomlashni ham bilmayman.

    Men Platiniga Liviya sobiq rahbari Kaddafi bilan Afrikada o‘tishi kerak bo‘lgan Jahon Chempionati haqida gaplashganimni aytgandim. Kaddafi musobaqani 53 ta mamlakatda o‘tkazib, final JARda bo‘lishini xohlagandi. U bu g‘oyaga ishonardi, biroq men bu aqlga sig‘masligini aytganman. Platiniga esa shunchaki bu g‘oya yangi emasligini aytgandim”.

    Guruhlarga ajratishda katta muammolarga duch kelindi

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Blatterning tanqidlariga qaramay, UEFA ijroqo‘mi g‘oyani ma’qulladi. 2013-yilda UEFA 13 ta mezbondan biriga aylanishni istagan mamlakatlarga kasting e’lon qildi. Arizalar ikki xil shaklda ko‘rib chiqildi: standart paket (faqat guruh o‘yinlari mezbonligi) va plef-off paketi (guruh va plef-off o‘yinlari mezbonligi).

    Yevropaning 33 mamlakati bunga qiziqish bildirdi, ba’zilar tanlash imkoniyati bo‘lishi uchun 2—4 tadan stadionni taqdim etdi. Biroq shartlarda faqat bitta stadion nomini ko‘rsatish va iloji boricha mazkur stadionda Yevro musobaqasi o‘tkazilmagan bo‘lishi so‘raldi.

    Natijada da’vogarlarning yarmiga yaqini tanlovni tark etdi va so‘nggi ro‘yxatdan 19 ta shahar joy oldi. Hal qiluvchi bosqichda Belarus, Bolgariya, Isroil va Makedoniya mamlakatlari talablarga javob bera olmagani uchun ro‘yxatdan tushib qoldi. Shvetsiya va Uels esa ovoz berish jarayonida kam ball to‘pladi.

    Keyinchalik esa mezbonlar soni 13 tadan 12 taga kamaydi. Sababi Belgiyadagi stadion qurilishi cho‘zilib ketdi. Bryussel yaqinida qad rostlashi kerak bo‘lgan stadionning qurilish ishlari siyosiy va moliyaviy vaziyat tufayli 2017-yilning dekabriga kelib ham boshlanmagandi, natijada UEFA Belgiyani ro‘yxatdan chiqardi, keyinchalik qurilish ham bekor qilindi. Bu musobaqa final bosqichi qur’a jarayoniga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Belgiyaning Yevro—2020 guruh bosqichidagi raqiblari qur’agacha aniq bo‘lgani haqida avvalroq (batafsil) yozgandik.

    Mavzuga doir: Yevro—2020 ga oz vaqt qolmoqda. Qur’agacha bilishingiz kerak bo‘lgan jihatlar haqida

    Oxir-oqibat mezbon shaharlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi: Amsterdam, Baku, Bilbao, Budapesht, Buxarest, Dublin, Glazgo, Kopengagen, Myunxen, Rim, Sankt-Peterburg va London. Bryusselning kvotasi ham Londonga o‘tib ketdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu albatta, hal qiluvchi bosqich qur’a jarayoniga ham ta’sir qilmay qolmadi. Mezbon shaharlar juftlarga ajratildi, birinchi navbatda ular gegorafik jihatdan yaqinroq bo‘lishi inobatga olindi. Juftliklar mana bunday ko‘rinish oldi:

    Rim va Boku (A guruhi), Sankt-Peterburg va Kopengagen (B guruhi), Amsterdam va Buxarest (C guruhi), London va Glazgo (D guruhi), Bilbao va Dublin (E guruhi), Myunxen va Budapesht (F guruhi).

    Bular orasida Rim va Boku juftligi savollar uyg‘otdi. Ozarbayjon Yevropa mamlakatlari uchun eng uzoq parvoz qilinadigan joy hisoblanadi. UEFA esa anchadan buyon bir-biridan uzoqda joylashgan davlatlarni o‘zaro to‘qnash kelishini oldini olishga intilmoqda. Masalan, Ozarbayjon uchun Portugaliya, Islandiya va Gibraltar uzoq hisoblanadi, shu sabab, qur’a paytida ularni ajratib qo‘yishadi.

    Mavzuga oid: Yevro—2020 musobaqasiga qur’a tashlandi

    Qaror chiqarilgan 2014-yilda ko‘p joyda stadionlar tayyor emas edi — ba’zi joylarda endi qurilish boshlangan, qayerlardadir endi loyihalash ishlari olib borilayotgandi. Bu vaqtda faqat Amsterdam, Glazgo, Kopengagen, London, Myunxen va Rimda ishlar ketayotgandi. Keyinchalik Bolqon va Peterburgda yangi stadionlar qurildi, eng so‘nggisi esa yaqinda foydalanishga topshirilgan Budapeshtdagi “Frens Pushkash” arenasi bo‘ldi. Mazkur stadionning ochilish o‘yinida 15-noyabr kuni Vengriya terma jamoasi Urugvay bilan bahs yuritdi

    Keyingi Yevropa Chempionati Germaniya bo‘lib o‘tadi, format o‘zgarmaydi

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    24 jamoadan iborat format ham tanqid ostiga olindi, biroq UEFA buni o‘zgartirmaydi. Yevro—2016 shu formatda o‘tkazildi, Yevro—2020 ham xuddi shunday o‘tadi. Yevro—2024 musobaqasi rejasida ham 24 jamoadan iborat format saqlanib qoldi. Bu format hammaga ham ma’qul kelmayapti, masalan, Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovning fikricha, jamoalar soni juda ko‘p. Biroq 2016-yilgi musobaqa o‘rtamiyona terma jamoalar ham o‘ziga xos “syurpriz” bo‘la olishini isbotladi.

    Yevro—2024 Germaniyada bo‘lib o‘tadi, 2028-yilgi musobaqaga esa Turkiya (uchinchi marta), Bolqon mamlakatlari (Bolgariya, Gretsiya, Ruminiya, Serbiya), Ispaniya bilan Portugaliya, Italiya, Angliya, shuningdek, Skandinaviya (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya) kabilar da’vogarlik qilmoqda. Biroq ularning hali hech biri rasmiy ariza topshirmadi, faqat qiziqish bildirgan xolos.

    Nima bo‘lgan taqdirda ham Yevro—2020 o‘zgacha o‘tadi. Bunaqasi uzoq vaqtgacha takrorlanmasa kerak...

    Nodirxon Hamidxonov tarjimasi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    18.12.2019, 14:21   Izoh (0)   16727
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angliyada muxlislar talqiniga ko‘ra 2019-yilning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    17.12.2019, 19:55

    Xitoyda O‘zilning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bloklandi va fan klubi yopildi, TV esa “Arsenal” nomini ishlatmayapti

    17.12.2019, 16:02

    YChL 1/8 final qur’asi haqida faktlar so‘zlaganda: Gvardiola “Real”ni eng ko‘p mag‘lub etgan, Tuxel esa “Borussiya”ni umuman yuta olmagan murabbiy

    17.12.2019, 12:59

    Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

    16.12.2019, 19:54

    Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichiga qur’a tashlandi

    16.12.2019, 17:48

    “Atletiko”—“Liverpul”, “Real”—“Manchester Siti”. YChL 1/8 finaliga qur’a tashlandi

    16.12.2019, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yil boshidan beri qariyb 35 ming fuqaro sog‘lomlashtirildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 12:27

    Afrikada har yili 815 ming odam ovqat pishirishdan kelib chiqqan havo ifloslanishidan vafot etadi — hisobot

    Dunyo | 21 iyul, 12:11

    “Barselona” “Real” futbolchisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 21 iyul, 12:03

    Universitetga kirish imtihonidan yiqilgan o‘g‘lini xitoylik ota-ona uydan haydab chiqardi

    Layfstayl | 21 iyul, 11:53

    Eron Yevropaning uchta davlati bilan yadroviy muzokaralar o‘tkazadi

    Dunyo | 21 iyul, 11:38

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    Kino narxi tushadi, sifati esa oshadi: Netflix film suratga olishda sun’iy intellektdan foydalana boshladi

    Kino | 21 iyul, 11:33

    Rim Papasi G‘azodagi hujumlarni “varvarlik”ka qiyosladi (video)

    Dunyo | 21 iyul, 11:27

    “Manchester Siti” o‘z futbolchisini 40 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor

    Sport | 21 iyul, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.