Futbol bo‘yicha Yevro—2020 saralashining guruh bosqichi bahslari yakuniga yetdi.

Foto: UEFA

Musobaqaning final bosqichida qatnashishi lozim bo‘lgan 24 ta jamoadan 20 tasi ma’lum bo‘lib ulgurdi. So‘nggi to‘rtta yo‘llanma egalari esa 2020-yil martida aniq bo‘ladi. Bu yo‘llanma sohiblari Millatlar Ligasi pley-off musobaqasi orqali aniqlanadi.

Shu o‘rinda futbol muxlislari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan uchta punktga e’tibor qaratsak:

  • 22-noyabr, juma kuni Millatlar Ligasi pley-offiga qur’a tashlanadi (ishtirokchilar haqida biroz keyinroq)
  • 30-noyabr kuni Buxarest shahrida Yevro—2020 ning guruh bosqichiga qur’a tashlanadi
  • Hozir esa faqat savatchalarni o‘rganish mumkin. Boisi UEFA qur’adan oldin savatchalar tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha huquqqa ega. Shunday ekan, barcha hisob-kitoblar taxminiy ko‘rinishga ega.

Yevro—2020 musobaqasining taxminiy qur’asi

A guruhi

  1. Italiya
  2. ...
  3. ...
  4. ...
  5. Uels/Finlyandiya

B guruhi

  1. Belgiya
  2. Rossiya
  3. Daniya
  4. Uels/Finlyandiya

C guruhi

  1. Ukraina
  2. Niderlandiya
  3. ...
  4. Millatlar Ligasi pley-offi g‘olibi

D guruhi

  1. Angliya
  2. ...
  3. ...
  4. Millatlar Ligasi pley-offi g‘olibi

E guruhi

  1. Ispaniya
  2. ...
  3. ...
  4. Millatlar Ligasi pley-offi g‘olibi

F guruhi

  1. Germaniya
  2. ...
  3. ...
  4. Millatlar Ligasi pley-offi g‘olibi

Savatchalar ro‘yxati

  • 1-savatcha: Belgiya, Italiya, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Ukraina;
  • 2-savatcha: Fransiya, Polsha, Shveysariya, Xorvatiya, Niderlandiya, Rossiya;
  • 3-savatcha: Portugaliya, Turkiya, Daniya, Avstriya, Shvetsiya, Chexiya;
  • 4-savatcha: Uels, Finlyandiya va Millatlar Ligasi pley-offining to‘rtta g‘olib terma jamoasi

Nima uchun Rossiya guruhda Daniya va Belgiya bilan o‘ynaydi?

Yevro—2020 formati avvalgi yildagilaridan tubdan farq qiladi. Boisi musobaqa 11 ta davlat hududidagi 12 ta shahar stadionlarida bo‘lib o‘tadi. Bundan ko‘rinadiki, bir vaqtning o‘zida bir nechta terma jamoa o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi. Musobaqa mezbonlari ham bir nechta bo‘ladi. Guruh bosqichida oltita guruhning har birida ikkitadan mezbon shaharlar o‘rin olgan. Ya’ni guruh bosqichidagi uchala o‘yin ham ushbu ikki mezbon shaharda o‘tadi. Agar mezbon davlatlar Yevro—2020 final bosqichiga yo‘l olgan bo‘lsa, u holda ular avtomatik ravishda uy o‘yinlarini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.

B guruhi o‘yinlari esa Sankt-Peterburg hamda Kopengagen shaharlarida o‘tkaziladi. Rossiya va Daniya esa Yevro yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shunday ekan, ular B guruhidan boshqa guruhga tusha olmaydi. Har bir mezbon davlat o‘z maydonida (stadionida) kamida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Qaysi terma jamoaning o‘z maydonida uchta o‘yin o‘tkazishi (Rossiya yoki Daniya) esa 30-noyabr kungi qur’a orqali aniqlanadi.

U holda Belgiya qanday qilib yana Rossiya bilan bir guruhdan joy oladi dersiz? Haqli savol? Hozir tushuntirishga harakat qilamiz. Rossiya Yevro—2020 saralashini guruhda ikkinchi o‘rinda yakunladi va qur’adan oldin ikkinchi savatchadan o‘rin oldi. Birinchi o‘rin bilan birinchi savatchadan o‘rin olgan jamoalar esa quyidagilar: Belgiya, Italiya, Angliya, Germaniya, Ispaniya va Ukraina. Ukrainaning Rossiya bilan aloqalari yaxshi emas. Shu boisdan ham ikkala terma jamoa xavfsizlik nuqtayi nazaridan bitta guruhga qo‘yilmaydi. Yuqoridagi beshta terma jamoadan to‘rttasi esa musobaqaning mezbon davlatlaridir. Shunday ekan, Rossiya bilan bitta guruhdan faqatgina Belgiya joy olishi mumkin. Ya’ni guruh avtomatik ravishda shakllanib ulgurdi.

Xuddi shunday holat Ukraina bilan ham sodir bo‘lib turibdi. C guruhi o‘yinlari Amsterdam hamda Buxarest shaharlari mezbonligida o‘tadi. Niderlandiya terma jamoasi avtomatik ravishda C guruhidan o‘rin oldi. Ukraina esa ushbu guruhda qanday tushib qolganini yuqorida tushuntirdik.

Finlyandiya va Uels nima uchun Rossiya bilan bir guruhda? Bunday cheklov qayerdan keldi?

To‘rtinchi savatchaga e’tibor qaratamiz: undan oltita jamoa o‘rin egallashi kerak. Hozir esa faqatgina ularning ikkitasi aniq: Uels hamda Finlyandiya.

Bir narsani hisobga olish kerak. Yevro—2020 final bosqichiga yo‘llanma beradigan Millatlar Ligasi pley-offida bir yo‘la to‘rtta mezbon davlat ishtirok etadi: Vengriya, Shotlandiya, Ruminiya hamda Irlandiya. Yevro—2020 reglamentiga ko‘ra esa mezbon davlat musobaqaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa va pley-offda ishtirok etadigan bo‘lsa, qur’a jarayonida u mezbon shahar maqomini saqlab qoladi. Ya’ni Ruminiya agar Millatlar Ligasi pley-offidan eson-omon o‘tib olsa, avtomatik ravishda C guruhiga borib qo‘shiladi. Boisi Buxarest ushbu guruhning mezbon shahri hisoblanadi. Bundan kelib chiqilsa, agar yuqoridagi uchta jamoa pley-offdan o‘ta olsa, Shotlandiya — D guruhi (Glazgo), Irlandiya — E guruhi (Dublin), Vengriya esa F guruhidan (Budapesht) o‘rin oladi.

Shunday ekan, 30-noyabr kungi qur’a uchun faqatgina ikkita guruh tayyor — A va B guruhi. Uels va Finlyandiyaning imkoniyatlari esa chegaralangani guvohi bo‘ldik.

Bu yerda Millatlar Ligasi pley-offi orqali yuqoridagi to‘rtta mezbon termaning Yevro—2020 ga chiqa olmasligini ham hisob olish kerak. Ayni damda UEFA Vengriya, Irlandiya, Ruminiya va Shotlandiyani uchta divizionga ajratgan — A, B, C. Ammo bularning hammasi qur’a orqali hal bo‘lishini ham esdan chiqarmaslik kerak bo‘ladi.

Har bir yo‘lda bittadan g‘olib bo‘ladi. Pley-offda jamoalar yarim final sxemasi asosida kurash olib boradi.

Agar guruhga belgilangan mezbon terma jamoa Milatlar Ligasi pley-offida omadsizlikka uchrasa, guruhdagi bo‘shab qolgan o‘rin qur’a orqali to‘ldiriladi.

Har bir yo‘lda yarim final va final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Finalda g‘olib chiqqan jamoalar Yevro—2020 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

A yo‘li

  • Islandiya — Bolgariya/Isroil/Vengriya/Ruminiya
  • Bolgariya/Isroil/Vengriya/Ruminiya — Bolgariya/Isroil/Vengriya/Ruminiya

B yo‘li

  • Bosniya va Gersegovina — Shimoliy Irlandiya
  • Slovakiya — Irlandiya

C yo‘li

  • Shotlandiya — Bolgariya/Isroil/Vengriya/Ruminiya
  • Norvegiya — Serbiya

D yo‘li

  • Gruziya — Belarus
  • Makedoniya — Kosovo

Agarda tushunmagan bo‘lsangiz, yana tushuntirishga harakat qilamiz.

20 ta terma jamoa Yevropa chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi. Qaysidir terma birinchi, yana qaysidir biri esa ikkinchi o‘rin bilan. Pley-off orqali yo‘llanmaga da’vogar bo‘lib turganlarning holati esa ularning guruh bosqichidagi ishtirokiga emas, balki aksincha 2018-yil kuzida bo‘lib o‘tgan Millatlar Ligasidagi ishtirokiga bog‘liq.

Avval boshida Millatlar Ligasi kuchlidan kuchsizga qarab to‘rtta divizionga ajratilgan edi. Unga ko‘ra, A—D diviziondan bittadan vakilga Yevro yo‘llanmasi nasib etishi ko‘zda tutilgan.

A diviziondan Islandiyadan tashqari barcha terma jamoalar Yevro—2020 yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ammo qoida shundan iboratki, Islandiya shunchaki bo‘sh turgan bir yo‘llanmaga ega chiqa olmaydi, aksincha o‘zidan quyi diviziondagi boshqa terma bilan kurashga kirishadi.

Biroq shunday muhim qoida bor: o‘z guruhida g‘olib bo‘lgan (Masalan, Bosniya va Gersegovina B divizionda g‘olib bo‘lgan) jamoa o‘zidan kuchli diviziondagi termaga raqib bo‘lmaydi. Agar Bosniya va Gersegovina A diviziondagi Islandiya bilan to‘qnash keladigan bo‘lsa, u holda guruhdagi g‘oliblikning qadr-qimmati qolmagan bo‘lardi. Guruh g‘oliblariga divizionlarda ikkinchi yoki uchinchi o‘rinni egallagan termalar yoki darajasi pastroq bo‘lgan jamoalar raqib bo‘ladi.

Millatlar Ligasidagi B divizionidan Yevro—2020 ga to‘rtta terma jamoa chiqa olmadi: Bosniya, Slovakiya, Irlandiya va Shimoliy Irlandiya. Bosniya diviziondagi g‘oliblik sabab Millatlar Ligasida bir ochko ham yig‘a olmagan Shimoliy Irlandiya bilan o‘ynaydi. Slovakiya va Irlandiya esa o‘zaro kurash olib boradi.

A diviziondan Yevro—2020 ga chiqa olmagan Islandiya esa Ruminiya/Vengriya/Bolgariya/Isroil termalaridan biri bilan to‘qnash keladi.

Kuchsiz D diviziondagi g‘oliblar — Gruziya, Belarus, Kosova va Shimoliy Makedoniya Yevro—2020 ga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqa olmadi. Endi ular bir-biriga qarshi kurash olib boradi.

Internet ma’lumotlari asosida Asror Abdunazarov tayyorladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!