Avstriyada Gitler tug‘ilgan uy politsiya idorasiga aylantiriladi (video)
Avstriyaning Braunau-am-Inn shahridagi Adolf Gitler tug‘ilgan uy politsiya idorasining binosiga aylantiriladi, deb xabar bergan Die Zeit.
“Uyning politsiya ixtiyoriga topshirilishi binoning umuman natsional-sotsializm yo‘lida ishlatilmasligiga turtki bo‘ladi”, — deydi Avstriya ichki ishlar vaziri Volfgang Peshorn.
2011-yilga qadar Gitler tug‘ilgan xonadon binosidan nogironlar uyi sifatida foydalanilgan. Keyinchalik uy egasining talabiga ko‘ra nogironlar uyi binodan foydalanishi to‘xtatildi. 2016-yilda uyning buzilishi xabar qilindi, biroq keyin ushbu qaror o‘zgartirildi.
Izoh (0)