Daryo

Adolf Gitler tug‘ilgan uyning egasiga yarim million yevro to‘lanadi

Uy egasiga kompensatsiya to‘lanish bo‘yicha qarordan so‘ng janjal yuzaga kelgan

1 daqiqa o‘qish63 736 ko‘rishlar0 izoh0
Фото: Leonhard Foeger / Reuters

Janjal Avstriya hukumati tomonidan Adolf Gitler tug‘ilgan uyni sotib olish ishi atrofida janjal yuzaga kelgan, deya xabar beradi “The Local”.

Foto: Leonhard Foeger / Reuters

Uy egasi Gerlinde Pommerga kompensatsiya to‘lanish bo‘yicha fevral oyida Avstriyaning Braunau-am-Inn shahri sudi tomonidan 1,5 million yevro to‘lanishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan qarordan so‘ng avj olgan.

Ushbu qaror binoning tarixiy ahamiyati bilan bog‘liq. Biroq Avstriyaning moliyaviy prokuraturasi kompensatsiya miqdorini juda yuqori baholangan deb hisoblaydi. Sud bino uchun oldindan davlat tomonidan Pommerga ajratgan to‘lovlar miqdorini inobatga olmayapti. Bundan tashqari, rasmiylar uyni ta’mirlash uchun ham xarajat qilgan.

1889-yilning 20-aprelida tug‘ilgan Gitlerning uyi 2016-yilning dekabr oyida davlat mulkiga aylangan. Bundan oldin, yuz yildan ortiq vaqt mobaynida binoga egalik qilgan Pommer bilan sud jarayoni bir yil davom etgan. Rasmiylar ushbu joyni neonatsistlar uchun ziyoratgohga aylanishini xohlamagan.

Buxorodanman. Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yil martidan beri musahhih lavozimida ishlayman va saytda chop etiladigan materiallar, katta maqolalarni tahrirlayman. Har yili “Sherlok”ning yangi va eski filmlarini ko‘rish uchun vaqt topaman. Rabg‘uziy qissalari ish stolimda turadi. Oxirgi o‘qigan kitobim “Hellados”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.