Isroil qurolli kuchlarining zarbasi Suriyadagi “Al-Quds” Islom revolyutsiyasi Eron qo‘riqchilari korpusi hamda Suriya harbiylariga qaratilgandi, deya bayonot bergan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Men kim bizga zarar yetkazsa biz unga javob qaytarishimizni tushuntirib qo‘ydim. ‘Al-Quds’ va Suriya harbiylarining Isroil tomon raketalar yo‘llab qilgan hujumiga javob zarba berilgan tun ushbu gaplarimga isbot bo‘ldi”, — deyiladi Isroil bosh vazirining Twitter’dagi tvitida.
“Biz Isroilning xavfsizligini ishonch bilan qo‘riqlash va ta’minlashda davom etamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Netanyaxu.
Avval Isroil armiyasining axborot xizmati Suriyada Islom revolyutsiyasi qo‘riqchilari Eron kuchlari korpusi hamda Damashq harbiylarining Isroil tomon 4 ta raketa yo‘llab qilgan hujumiga javob qaytarilganini tasdiqlagan.
“Aviazarba Suriya hududidan turib hujum uyushtirgan Eron korpusi kuchlariga qaratilgandi”, — deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.
Suriyaning Sano axborot agentligi bergan xabarga ko‘ra Isroil harbiy havo kuchlari Damashq hududiga zarba yo‘llagan. Hujum oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, Suriya havodan himoya kuchlari raketalarning aksariyatini havoning o‘zida yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Breaking video footage emerges huge fire ripping through unknown object in southern #Damascus amid #Israeli airstrikes. pic.twitter.com/5LHaG3AHxO
— M F (@Syria_Protector) November 19, 2019
Avval oktabr oyida Isroilning Suriya shimoli-sharqidagi “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasidan foydalanib Suriya hududiga havodan zarba yo‘llagani xabar qilingan.
Izoh (0)