“Bavariya” futbol klubi prezidenti Uli Hyoness iste’foga chiqdi. Bu haqida myunxenliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.
67 yoshli Hyoness 16-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezidentlik lavozimini tark etishimi ma’lum qildi. Uning o‘rinini Gerbert Hayner egallaydi.
Hyoness 1970-yil 17 yoshida “Bavariya” futbolchisiga aylangandi va klubda 1979-yilgacha to‘p surdi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach myunxenliklar klubining menejeri etib tayinlandi. 27 yoshli Hyoness Bundesliga tarixidagi eng yosh menejerga aylangandi.
Uli “Bavariya” rahbariyatida 2014-yilga qadar faoliyat yuritdi. O‘sha yili uni soliqlardan qochishda aybdor deb topib, 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qilishdi. 2016-yilning fevralida Hyoness muddatidan avval ozodlikka chiqdi va bir necha oy o‘tib “Bavariya” prezidentligiga saylangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)