“Real” klubi rahbari Florentino Peres Butunjahon futbol klublari assotsiatsiyasiga (WFCA) prezident etib tayinlandi.
Mazkur tashkilot klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatini o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. 15-noyabr, juma kuni “Real”, “Milan”, “Boka Xuniors”, “River Pleyt”, Meksikaning “Amerika”, Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti”, Xitoyning “Guanchjou Evergrand” va Kongo DRning “Mazembe” klublari vakillari FIFA qarorgohida uchrashdi.
Yig‘ilishdan maqsad yangi tashkilot tuzish va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatini o‘tkazish tartibini rejalashtirish bo‘ldi. Yangi tashkilotga Peres rahbar etib saylandi.
Mavzuga doir: Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining yangi ko‘rinishdagi ilk musobaqasiga Xitoy mezbonlik qiladi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)