Livanda Moliya vazirligi sobiq rahbari Muhammad Safadiy respublikada hukumat rahbariga aylanishi mumkin. Bu haqda “8-mart koalitsiyasi” “Tavhid” harakati yetakchisi Viam Vahhob Twitter’dagi sahifasida xabar bergan.
“Siyosatchilar va texnokratlar yetakchisi Muhammad Safadiy hukumat bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Vahhob. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Sa’d Haririyning “Al-Mustakbal” harakati, ozod vatanparvarlar harakati, “Amal” harakati va “Hizbulloh” shialar harakati bilan bu borada kelishib olingan.
Livanda norozilik namoyishlari 17-oktabrda boshlangan, 29-oktabrda bosh vazir Sa’d Haririy va uning koalitsion hukumati iste’foga chiqdi. Endi norozilik bildirayotgan xalq parlamentning tarqatib yuborilishi va saylovlar qayta o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Livan prezidentini Mishel Aunning mahalliy telekanallarga bergan intervyusi navbatdagi norozilik namoyishlari to‘lqinini keltirib chiqardi. Davlat rahbari norozilik bildirayotgan fuqarolarni uylariga tarqalishini so‘ragan, agar namoyishlar to‘xtamasa, mamlakatda iqtisodiy inqiroz boshlanishini bildirgan.
Izoh (0)