Joriy yil yanvaridan oktabriga qadar Germaniya hukumati 7,42 milliard yevroga teng qurol-aslaha eksportini ma’qulladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
O‘tgan gal rekord qayd etilgan 2015-yilda Berlin xorijga 7,86 mlrd yevrolik harbiy texnika sotgandi. 2018-yili bu ko‘rsatkich 4,8 milliard yevroni tashkil etdi.
Bundestag deputati Sevim Dagdalen hukumatni tegishli buyurtmalarni muhokama qilib o‘tirmay tasdiqlashda aybladi. Jumladan, iyul oyida Germaniya Yamandagi mojaro tomonlariga qiymati milliard yevrodan ortiq qurol yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi.
Dagdalen Germaniyadan qurol eksportini qonun yo‘li bilan taqiqlashni so‘radi.
Izoh (0)